TGViewer
Shahnoza Soatova blogi Shahnoza Soatova blogi @shahnozxon · 4.8K subscribers
Post #5264 1.63K
Shu yerga tegmanglar. Yashil hududlarni "chopmanglar"

Har kuni tushlik vaqti shu maydonda piyoda yuraman. Ko'plab davlat xizmatchilari bu yerda piyoda yurishadi, chunki ishga mashinada kelgan, kuni bo'yi o'tirib ishlaydi va tushlik payti yurib vijdonini tinchlantiradi – sog'lom turmush tarzi qilyapman deydi. Ota-onalar yosh bolalarini olib sayr qiladi, keksalar tengqurlari bilan suhbat qurib ko‘ngil yozadi, katta tadbirlar o‘tkaziladi. Asosiysi, hech kim bu odamlarni ko‘chaga chiq, piyoda yur, sog‘lom turmush tarzi bilan yasha demaydi, majbur qilmaydi, shunchaki so‘lim maydon va yaxshi ob-havo odamlarni chorlaydi.

Davlatimiz ham sog'lom turmush tarziga targ‘ib qiladi, rag‘bat uyg‘otishni istab "10 ming qadam", "Avtomobilsiz kun" tadbirlarini joriy etadi.

Aytgancha, bugun ham avtomobilsiz kun.
Ayni kunda shahar markazidagi ko'pchilik piyoda sayr qiladigan yerning avtoturargoh uchun sotuvga chiqarilishi haqida xabar tarqashi bir tasodif bo‘lsa-da, juda xunuk tasodifdir.

Bu yerga tegmanglar. Asfalt ko‘p poytaxtimizda yozda issiqda yashab bo‘lmay qolyapti. Undan ko‘ra avtomobildan voz kechishga chindan rag‘bat beradigan choralar ko‘paytirilishi kerak. Aks holda "Avtomobilsiz kun" larimiz mohiyatan "Avtomobilni ofisdan nariroqqa qo‘yib kelish kuni" bo‘lib qolaveradi.

Yashil makonlar va veloyo‘laklar ko‘p qurishimiz kerak bo‘lgan zamonda bunday qarorlarning ramzi va tashigan "mujda"si yomon(

@shahnozxon
Telegram Mirzodan maktub Tarix uchun shu suratlar turib tursin 🌳 Toshkentni batamom tosh yoki chang shahar qilish uchun yana bir qadam qoʻyilmasligi kerak @mirzodanmaktub
  • ❤ 8
  • 💯 4
More from @shahnozxon
  1. Oct 15, 2026Aziza Xushnudbek tabriklayman! Buncha yaxshiyee🔥🔥🔥👏👏👏 Juda xursandman. O’zgarishlar,…
  2. Oct 15, 2026Ayollar bor ekan. U suratlar boshqa rakursdan olingan ekan. Ayollar bor suratlarni ko’proq…
  3. Oct 15, 2026To‘g‘ri e‘tiroz. Men doim ta'kidlab kelamanki, ayollarni yig‘ilishlar, tadbirlar, safarlar…
  4. Oct 15, 2026"Hadeb blogerlar o‘zlaring yig‘ilib podkast qilaverasizlarmi, bizni kim eshitadi?" deyishi…
  5. Oct 15, 2026Agar "chinoyoq" so‘zini ishlatganida, men 10 baho qo‘yar edim! Umuman reklamalarda o‘zbekc…
  6. Oct 14, 2026So‘nggi vaqtlarda biznes qonunchiligida Jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli darajada…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →