TGViewer
Shahnoza Soatova blogi Shahnoza Soatova blogi @shahnozxon · 4.8K subscribers
Post #5306 757
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев “finjon” so‘zini ishlatgani uchun 5 baho!
Agar "chinoyoq" so‘zini ishlatganida, men 10 baho qo‘yar edim!

Umuman reklamalarda o‘zbekcha so‘zlar ishlatilishini olqishlayman. Shu sababli ushbu brendga rahmat aytaman.

Lekin "finjon" so‘zi baribir keng tarqalmasligi va oson tushunilmasligi bor. Bu asli forsiy "pangon" so‘zining arab tiliga o‘tib, "finjon"ga aylanib keyin bizga kelgan shakli. Bu yerda arab tilining boshqa tildan so‘zni o‘ziga moslab o‘zlashtirishi ibratli.

Biz esa arab tilidan shunday olganmiz va bu so‘z yetarli o‘zlashmagan. Turkiy xalqlar qahva ichadigan oyoqchali va quloqchali piyolani "chinoyoq" deydi.

Cho‘lpon bu so‘zni "Kecha va kunduz"da ishlatadi. Shuningdek, boshqa turkiy xalqlarda ham qo‘llanadi: shinayaq (qozoq), chinayak (tatar), sinayak (boshqird), chin-ayak (oltoy), sini ayax (xakas).

Demak, yana bosha qahva brendi reklamada sof turkiy CHINOYOQni qo‘llasa, ajoyib bo‘lar edi (raqobat ijodiy va ilmiy tus olsa, qanday yaxshi). Tavsiya qilaman!

@shahnozxon
Telegram A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев Qahvasi qanday, bilmadimu, lekin “finjon” so‘zini ishlatgani uchun 5 baho!
  • 👏 9
  • ❤ 3
  • 🙏 2
More from @shahnozxon
  1. Oct 16, 2026Yangi Kia Sonet Prime — yorqin uslub va har kunlik qulaylik! 🚘 Endi qulay muddatli to‘lov…
  2. Oct 15, 2026Aziza Xushnudbek tabriklayman! Buncha yaxshiyee🔥🔥🔥👏👏👏 Juda xursandman. O’zgarishlar,…
  3. Oct 15, 2026Ayollar bor ekan. U suratlar boshqa rakursdan olingan ekan. Ayollar bor suratlarni ko’proq…
  4. Oct 15, 2026To‘g‘ri e‘tiroz. Men doim ta'kidlab kelamanki, ayollarni yig‘ilishlar, tadbirlar, safarlar…
  5. Oct 15, 2026"Hadeb blogerlar o‘zlaring yig‘ilib podkast qilaverasizlarmi, bizni kim eshitadi?" deyishi…
  6. Oct 14, 2026So‘nggi vaqtlarda biznes qonunchiligida Jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli darajada…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →