TGViewer
Channel Public Channel
sanjar.tech

sanjar.tech

@sanjartech

- Test Automation Engineer;
- IUT CSE Graduate'26;
- Will be creating a content related to software technologies.

more on zayniev.uz
Subscribers
68
Photos
439
Videos
31
Links
76
Recent Posts 17 shown
Post #1198 420
#note

They kept asking me a question.
Then I asked: Can you keep secrets?
They said: Yes.
And I said: Me, too!
  • ❤ 4
  • 🤣 1
  • 🆒 1
Post #1197 452
#oneofmynotes

Oq-qora rejim

Bu menimcha ITga kirganlarning ko'pchiligiga tekkan kasal. Hayotingiz bir tekis ketyapti. Ishingiz/o'qishingiz hammasi joyida, borasiz, uyga qaytasiz va hayotingizdagi muammolarni hal qilasiz. Ertasi kuni yana bir xil jarayon. Bu yerda muammo sodir bo'layotgan voqealarning o'zida emas, shunchaki ularning bir xilligida. Bilaman ko'pchilikda shunaqa hayot, hali haligacha mening o'zimda ham edi. Buni men oq-qora rejim deb atayman. Lekin muammo shundaki, zerikkaningizni anglab yetmagan bo'lishingiz ham mumkin. Uni esa faqat o'ziz bilan o'ziz gaplashib bilib olsangiz bo'ladi. Bir xillikdan odam doim zerikadi va men ham zerikkan edim va bu oq-qora rejimda butun umr yashab o'tishni istamas ekanman. Bundan chiqish uchun o'zim qilib ko'rgan ayrim ishlarni yozib qo'yay dedim:

1. Tadbirlarda volontyorlik qiling. Ham savobli ish, ham yangi odamlarni uchratasiz. Yangi odamlarni uchratish network'iz uchun zararga ishlaganini hech eshitmadim.

2. Kitob o'qishni boshlang/davom ettiring. Qiziqdan qiziq obrazlar bilan tanishasiz, har xil odamning kechinmalarini his qilishga harakat qilasiz yoki tajribali odamning fikrlaridan nimalarnidir o'rganasiz.

3. Sayohat qiling. Sherik bo'lsa yaxshi, bo'lmasa ham bu narsa sizni to'xtatib qolmasin. Yolg'izlikdan bahra olish san'atini ham o'rganasiz bahonada. Uzoq yaqinligining ahamiyati yo'q, shunchaki siz hali bormagan joy bo'lsin.

4. Rejadan tashqari tasodifan chiqib qolgan random narsalarni reject qilishni bas qiling. Hamma narsa reja bo'yicha borsa ham qizig'i qolmaydi. Adventure'larga boy bo'lsa, bosavering. Chunki "shutting down to adventures means exactly that - you are shut down". Doim accept qiling demoqchi emasman, shunchaki doim reject qilish yana o'sha oq-qora rejimga solib qo'yadi.

Xullas, qo'pol qilib aytganda sassiq ko'rpayizdan chiqib oq-qora hayotda yashashni bas qiling, hayotda boshqa ranglar ham mavjud. Bunaqa hayot tarzida yashaydiganlar qanday dam olishni bilishadi, lekin gap shundaki, ularning dam olish yo'llari ham bir xilda. Shu oq-qora men uchun ideal deyotgan bo'lsangiz, demak nimadir muammo bor, comfort bo'lishi mumkin lekin abadiy emas...
  • ❤ 8
  • 👍 6
  • ⚡ 2
Post #1196 730
sanjar.tech qaysidir yilning mart oyida aniq 7.0 olaman❤️
#result

Turned out to be in July*

Whatever we get, we say Alhamdulillah❤️‍🔥
  • 🔥 20
  • ❤ 9
  • 🆒 5
Post #1195 716

Forwarded from Azimjon's Fikrlog

Ha va Yo'q.

"Yo'q"ni qilish oson, "Ha"ni aytish oson.
"Yo'q" - bitta narsaga yo'q. "Ha" - ming narsaga yo'q.

"Yo'q" - aniq.
"Ha" - umumiy.

"Yo'q" - tinch, lekin qiyin.
"Ha" - oson, lekin shovqin.

"Yo'q" - bu aniq asbob, jarroh skalpeli, bir nuqtaga qaratilgan lazer nuri.
"Ha" - hamma narsani beg'araz ushlaydigan to'mtoq, baliqchi to'ri.

Nimaga "yo'q" deb javob berishni bilish, nimaga "ha" deb javob berishni bilishdan muhimroq.

"Yo'q"ni biling. - @ Jason Fried
  • 👍 12
  • ❤ 1
Post #1193 809
#oneofmynotes
1 oy avval bir dastur qildim. Shu haqida fikrlarim...

3-kursning 1-semesterida bizga jami 7 ta fan o'tilyapti, 2 tasi online. Shu va qolgan fanlar faol tarzda online vazifa berib borishadi. Agar vebsaytga kirib deadline'larni qayergadir note qilib qo'ymasak, aniq esdan chiqadi. O'quv yilining boshida esa xuddi shunday bo'lishni boshladi. Deadline ustiga deadline, videoni ko'rib qo'yish kerak, assignmentni shu kun oxirigacha topshirish kerak, quizni bu soatgacha ishlab qo'yish kerak... O'zi bu jarayon ancha vaqt oladi. Esdan chiqishi bu yoqimsiz holat. Shu deadline'lar haqida bizga nimadir eslatib turishi kerak edi, shu haqida o'ylab yurgandim. Kursdoshlarimizdan ham birining shu narsa haqida yozib qolganini ko'rdim va bu muammo ko'pchilikda bo'layotganini tushunib, shu jarayonni avtomatlashtirib qo'ygim keldi. Bu ishni bajarish uchun kerak bo'ladigan texnologiyalar o'zim uchun tanish va kundalik hayotda ishlatib yurgan texnologiyalar bo'lganligi uchun ham qilishga ilhom kelaverdi.

Xo'sh, proyektni boshladim. Avtomatlashtirilishi kerak bo'lgan jarayon:

1. Universitetimizning vazifalar beriladigan website(eclass)'iga borishi
2. U yerdan kelayotgan vazifalar bo'limiga o'tib, bugun topshirilishi kerak bo'lgan deadline'lar haqidagi barcha ma'lumotlarni o'ziga ko'chirib olishi
3. O'sha ma'lumotlarni chiroyli formatda guruhimizga telegram bot orqali yuborishi
4. Va ushbu jarayonni kuniga bir marotaba har ertalab amalga oshirishi kerak edi♻️

2 hafta ichida vaqtim bo'lgan paytlari implement qildim. Eng o'ylantiradigan joyi kodni qanday yozish emas, "qanaqa ko'rinishda?", "Faqat bugungi deadline'larni ko'rsataymi?" yoki "keyingi kelayotganlari ham ko'rsatilgani yaxshimikan?" degan savollar edi. Eng oxirida, bugun uchun barcha turdagi deadline'larni(video, assignment, quiz) va kelayotgan deadline'lar uchun esa faqat videolar haqida ogohlantiradigan qildim - boshqalarning fikrini ham inobatga oldim va qilish ham qulayroq bo'lganligi uchun. Shu bilan botni guruhimizga qo'shdik - mandagi deadline'lar boshqa kursdoshlarimdagi deadline'lar bilan bir xil bo'lganligi uchun. Orada boshqa 1, 2, 4-kurslar uchun ham tekshirib xatolik chiqishi mumkin bo'lgan holatlarni barchasini to'g'irladim. Shunday testlash uchun id va password ma'lumotlarini berishgani uchun ularga rahmat, adduwi yuredasila. Endi barcha kurs talabalari uchun ishlaydigan holatga keldi.

Hammasi ajoyib ishlayotgandi, Operatsion Tizim fanimizning vazifalari bo'lgan kunlardan tashqari. Birinchi marta bu xatolik chiqqan kuni bir kun o'ylab yurib ham topolmadim, nima qilmayin foydasi bo'lmadi. Lokalda hammasi to'g'ri ishlaydi, lekin o'zgarishlar push bo'lganidan keyin telegram bot yuborayotgan xabar chala bo'lib, qaysidir qismidan qirqilib kelayotgandi. Xop mayli deb, shu fanning keyingi vazifasi bor kun kelishini kutdim, yana o'sha xatolik chiqishini ko'nglim sezardi. O'sha kuni bot xabar yuborishidan 3-4 soat oldin o'zim push qilib test qilib ko'radigan guruhimga jo'natdim. O'sha kutilgan xatolik bilan keldi xabar. Keyin xabar qaysi qismidan qirqilib kelayotganiga e'tibor bersam, professorimiz har doim vazifa nomini uzun qilib & (ampersand) orqali ajratib 2 qism qilib yozarkan. Bot ham aynan shu belgigacha bo'lgan yozuvlarni yuborayotgandi. Man console'ga chiqqan yozuvni 'sed' linux komandasi bilan parse qilib olayotgandim. Keyin bilsam, sed komandasi & ni special character sifatida qabul qilarkan. Shunga yechim sifatida & characterni ignore qiluvchi funksiya yozib qo'ydim. Keyin o'sha kuni xabarni to'g'ri ko'rinishda yubordi. Shundan buyon ilova stabil ishlab, har kuni deadline'lar haqida ogohlantiradi, hayotimizni esa sal bo'lsada yengillashtirdi. Aslida bizning asosiy maqsadimiz ham shu...

Agar siz ham Inhada o'qisangiz va shu muammo qiynayotgan bo'lsa, bemalol ishlatishingiz mumkin. O'rnatib olish uchun readme'ni o'qing. Qiynalsangiz kaminaga yozsangiz yordamlashib yuborishim mumkin. Loyihaning o'zi sizga yoqqan bo'lsa, githubda repositoriyaga star bosib qo'ying. Rahmat :-)

Ishlatilgan texnologiyalar: Java, Selenium WebDriver, Github Actions, Maven.
GitHub GitHub - sanjarzayniev/deadline-notifier: Serverless application to notify Inha students about the upcoming deadlines of 7 days… Serverless application to notify Inha students about the upcoming deadlines of 7 days ahead via telegram bot - sanjarzayniev/deadline-notifier
  • 🔥 14
  • 👍 3
  • 🏆 2
Post #1192 717
Bugun 25-avgust. 1991-yil xuddi shu kuni Linux'ning asosi (miyasi deylik) bo'lmish Kernelni yaratgan Linus Torvalds shu proyekti haqida barchaga e'lon qilgan edi. Student bo'lishiga qaramasdan juda katta ishni amalga oshirgan.

Aynan shu mavzuda bo'lmasa ham, shunga yaqinroq: Linux disk partitionlarini kengaytirish haqida yozdim. Qiziq bo'lsa, marhamat. Qiziq bo'lmasa, bir kun boshingizga tushishini tilab qolaman. Avtomatik tarzda qiziq bo'lib qoladi.

https://telegra.ph/Linux-uchun-ajratilgan-disk-xotirasini-qanday-qilib-kengaytirish-mumkin-08-24
Telegraph Linux uchun ajratilgan disk xotirasini qanday qilib kengaytirish mumkin? Holat: sizning kompyuteringizda dual boot o'rnatilgan, ya'ni oddiy qilib aytganda bitta kompyuterga 2 ta operatsion tizim o'rnatilgan. Aytaylik, bittasi windows, ikkinchisi linux. Vaqtida siz linux uchun ajratgan disk xotirasi endi to'lishni boshladi. Windows…
  • 👍 9
  • 👏 1
Post #1190 685
Baxt degani tahminan shunaqa ko'rinishda bo'lsa kerak

Anchadan beri stuck bo'lib qolgandim. Project talab qiladigan UI testlar ham anchagina complex edi. 220 va 245 sekundlar buni aytayotgan bo'lsa kerak. Rahmat)
  • ❤ 6
  • 👍 2
Post #1188 645
3/4

Half gone. Time flies in the way you choose. So be wise...
  • 🫡 7
Post #1186 615
Assalomu alaykum

Agar IT da o'zingizga qaysi sohani tanlashga qiynalayotgan bo'lsangiz, ushbu career testdan o'ting. Epam ko'pchilik uchun juda kerakli ishni qilishgan ekan. Sizning xarakteringizga qarab IT dagi qaysi soha eng ko'p to'g'ri kelishini chiqarib berar ekan. 15 minutcha vaqt oladi. Har nima zerikkanda ham ketadigan ish :D Keyin o'sha soha bo'yicha o'qib o'rganish uchun training'lar ham topib beradi. Marhamat, foydalaning)

🔗 https://training.epam.com/en/career-test
EPAM Campus Choose your profession in IT | EPAM Campus ✅ Our career test is a simple, quick and accurate way to scientifically access your key traits and determine which tech career is right for your personality type.
  • 🔥 5
  • 👍 2
  • ❤ 1
Post #1181 817
#monkeytype
wow, new record))

Oldik🥂

Siz ham klaviaturada yozish tezligizni o'lchab ko'ring, qani nechi chiqarkan? Xohlasangiz telefonda yozish tezligizni ham o'lchab ko'ring.

monkeytype.com - top🏆

@sanjartech
  • 👍 10
Post #1178 796
Keling, chrome brauserida internet o'chib qolganda chiqadigan yoki shunchaki chrome://dino orqali o'tsa bo'ladigan shu mashhur o'yinni hack qilib, cheksiz ochko yig'sa bo'ladigan qilamiz.

Bu uchun shu o'yin sahifasi ochilganda sichqonchaning o'ng tugmasi orqali chiqadigan eng pastdagi 'inspect' tugmasini bosamiz va bizga 3-rasmdagi kabi bir sahifa chiqadi. Va unda 'console'ga o'tgan holda Runner.prototype.gameOver=function(){} kodini yozsak kifoya🫰Qarabsizki, sizdagi dinazavr urilsa ham hech qachon to'xtamaydi☠️

@sanjartech
  • 🔥 11
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🍾 1
Post #1176 567
#iamback

Manimcha yetadi, blog yuritgim kelyapti. Ham siz uchun, ham o'zim uchun foydali nimadir qilishim kerak. Bu safar nafaqat matematikaga bog'liq stuff, balki endi uni ham o'zimning soham bilan aralashtirgan holda muhim va o'zim uchun qiziq bo'lgan topic'lar haqida yozishga harakat qilaman. Xullas, endigi postlar technology-related bo'ladi.

Aytmoqchi, manda hammasi yaxshi, 1-kursni tamomladim, juda tez o'tdi. Noldan o'rganishni boshladim deb hisoblasak, 1 o'quv yili ichida ancha narsani o'rgandim manimcha, faqat Inha'dagi o'qishim bilan. Ozgina sukut... (sleep(2)) Ha shu yerda Inha top demoqchiman🏆 Hali Inhadagi o'qish va fikrlarim haqida to'liqroq post yozsam kerak.
  • 👍 13
  • 🎉 4
Post #1170 1.22K
@zaynievs_

Guys, it is my instagram username in case you want. You know, i'm sharing smth on there as well)
  • 😁 6
  • 👍 3
  • 👌 1
Older posts →

About this channel

How can I read @sanjartech without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for sanjar.tech: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does sanjar.tech have?
sanjar.tech (@sanjartech) has 68 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does sanjar.tech know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →