TGViewer
sanjar.tech sanjar.tech @sanjartech · 67 subscribers
Post #1197 453
#oneofmynotes

Oq-qora rejim

Bu menimcha ITga kirganlarning ko'pchiligiga tekkan kasal. Hayotingiz bir tekis ketyapti. Ishingiz/o'qishingiz hammasi joyida, borasiz, uyga qaytasiz va hayotingizdagi muammolarni hal qilasiz. Ertasi kuni yana bir xil jarayon. Bu yerda muammo sodir bo'layotgan voqealarning o'zida emas, shunchaki ularning bir xilligida. Bilaman ko'pchilikda shunaqa hayot, hali haligacha mening o'zimda ham edi. Buni men oq-qora rejim deb atayman. Lekin muammo shundaki, zerikkaningizni anglab yetmagan bo'lishingiz ham mumkin. Uni esa faqat o'ziz bilan o'ziz gaplashib bilib olsangiz bo'ladi. Bir xillikdan odam doim zerikadi va men ham zerikkan edim va bu oq-qora rejimda butun umr yashab o'tishni istamas ekanman. Bundan chiqish uchun o'zim qilib ko'rgan ayrim ishlarni yozib qo'yay dedim:

1. Tadbirlarda volontyorlik qiling. Ham savobli ish, ham yangi odamlarni uchratasiz. Yangi odamlarni uchratish network'iz uchun zararga ishlaganini hech eshitmadim.

2. Kitob o'qishni boshlang/davom ettiring. Qiziqdan qiziq obrazlar bilan tanishasiz, har xil odamning kechinmalarini his qilishga harakat qilasiz yoki tajribali odamning fikrlaridan nimalarnidir o'rganasiz.

3. Sayohat qiling. Sherik bo'lsa yaxshi, bo'lmasa ham bu narsa sizni to'xtatib qolmasin. Yolg'izlikdan bahra olish san'atini ham o'rganasiz bahonada. Uzoq yaqinligining ahamiyati yo'q, shunchaki siz hali bormagan joy bo'lsin.

4. Rejadan tashqari tasodifan chiqib qolgan random narsalarni reject qilishni bas qiling. Hamma narsa reja bo'yicha borsa ham qizig'i qolmaydi. Adventure'larga boy bo'lsa, bosavering. Chunki "shutting down to adventures means exactly that - you are shut down". Doim accept qiling demoqchi emasman, shunchaki doim reject qilish yana o'sha oq-qora rejimga solib qo'yadi.

Xullas, qo'pol qilib aytganda sassiq ko'rpayizdan chiqib oq-qora hayotda yashashni bas qiling, hayotda boshqa ranglar ham mavjud. Bunaqa hayot tarzida yashaydiganlar qanday dam olishni bilishadi, lekin gap shundaki, ularning dam olish yo'llari ham bir xilda. Shu oq-qora men uchun ideal deyotgan bo'lsangiz, demak nimadir muammo bor, comfort bo'lishi mumkin lekin abadiy emas...
  • ❤ 8
  • 👍 6
  • ⚡ 2
More from @sanjartech
  1. Jan 8, 2026#note They kept asking me a question. Then I asked: Can you keep secrets? They said: Yes.…
  2. Jul 14, 2025#result Turned out to be in July* Whatever we get, we say Alhamdulillah❤️‍🔥
  3. Apr 19, 2025Ha va Yo'q. "Yo'q"ni qilish oson, "Ha"ni aytish oson. "Yo'q" - bitta narsaga yo'q. "Ha" -…
  4. Feb 11, 2025- Who is really SET (Software Engineer in Test) at Google? - SWE vs SET (differences) - Ch…
  5. Nov 18, 2024#oneofmynotes 1 oy avval bir dastur qildim. Shu haqida fikrlarim... 3-kursning 1-semesteri…
  6. Aug 25, 2024Bugun 25-avgust. 1991-yil xuddi shu kuni Linux'ning asosi (miyasi deylik) bo'lmish Kerneln…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →