TGViewer
sanjar.tech sanjar.tech @sanjartech · 68 subscribers
Post #1193 809
#oneofmynotes
1 oy avval bir dastur qildim. Shu haqida fikrlarim...

3-kursning 1-semesterida bizga jami 7 ta fan o'tilyapti, 2 tasi online. Shu va qolgan fanlar faol tarzda online vazifa berib borishadi. Agar vebsaytga kirib deadline'larni qayergadir note qilib qo'ymasak, aniq esdan chiqadi. O'quv yilining boshida esa xuddi shunday bo'lishni boshladi. Deadline ustiga deadline, videoni ko'rib qo'yish kerak, assignmentni shu kun oxirigacha topshirish kerak, quizni bu soatgacha ishlab qo'yish kerak... O'zi bu jarayon ancha vaqt oladi. Esdan chiqishi bu yoqimsiz holat. Shu deadline'lar haqida bizga nimadir eslatib turishi kerak edi, shu haqida o'ylab yurgandim. Kursdoshlarimizdan ham birining shu narsa haqida yozib qolganini ko'rdim va bu muammo ko'pchilikda bo'layotganini tushunib, shu jarayonni avtomatlashtirib qo'ygim keldi. Bu ishni bajarish uchun kerak bo'ladigan texnologiyalar o'zim uchun tanish va kundalik hayotda ishlatib yurgan texnologiyalar bo'lganligi uchun ham qilishga ilhom kelaverdi.

Xo'sh, proyektni boshladim. Avtomatlashtirilishi kerak bo'lgan jarayon:

1. Universitetimizning vazifalar beriladigan website(eclass)'iga borishi
2. U yerdan kelayotgan vazifalar bo'limiga o'tib, bugun topshirilishi kerak bo'lgan deadline'lar haqidagi barcha ma'lumotlarni o'ziga ko'chirib olishi
3. O'sha ma'lumotlarni chiroyli formatda guruhimizga telegram bot orqali yuborishi
4. Va ushbu jarayonni kuniga bir marotaba har ertalab amalga oshirishi kerak edi♻️

2 hafta ichida vaqtim bo'lgan paytlari implement qildim. Eng o'ylantiradigan joyi kodni qanday yozish emas, "qanaqa ko'rinishda?", "Faqat bugungi deadline'larni ko'rsataymi?" yoki "keyingi kelayotganlari ham ko'rsatilgani yaxshimikan?" degan savollar edi. Eng oxirida, bugun uchun barcha turdagi deadline'larni(video, assignment, quiz) va kelayotgan deadline'lar uchun esa faqat videolar haqida ogohlantiradigan qildim - boshqalarning fikrini ham inobatga oldim va qilish ham qulayroq bo'lganligi uchun. Shu bilan botni guruhimizga qo'shdik - mandagi deadline'lar boshqa kursdoshlarimdagi deadline'lar bilan bir xil bo'lganligi uchun. Orada boshqa 1, 2, 4-kurslar uchun ham tekshirib xatolik chiqishi mumkin bo'lgan holatlarni barchasini to'g'irladim. Shunday testlash uchun id va password ma'lumotlarini berishgani uchun ularga rahmat, adduwi yuredasila. Endi barcha kurs talabalari uchun ishlaydigan holatga keldi.

Hammasi ajoyib ishlayotgandi, Operatsion Tizim fanimizning vazifalari bo'lgan kunlardan tashqari. Birinchi marta bu xatolik chiqqan kuni bir kun o'ylab yurib ham topolmadim, nima qilmayin foydasi bo'lmadi. Lokalda hammasi to'g'ri ishlaydi, lekin o'zgarishlar push bo'lganidan keyin telegram bot yuborayotgan xabar chala bo'lib, qaysidir qismidan qirqilib kelayotgandi. Xop mayli deb, shu fanning keyingi vazifasi bor kun kelishini kutdim, yana o'sha xatolik chiqishini ko'nglim sezardi. O'sha kuni bot xabar yuborishidan 3-4 soat oldin o'zim push qilib test qilib ko'radigan guruhimga jo'natdim. O'sha kutilgan xatolik bilan keldi xabar. Keyin xabar qaysi qismidan qirqilib kelayotganiga e'tibor bersam, professorimiz har doim vazifa nomini uzun qilib & (ampersand) orqali ajratib 2 qism qilib yozarkan. Bot ham aynan shu belgigacha bo'lgan yozuvlarni yuborayotgandi. Man console'ga chiqqan yozuvni 'sed' linux komandasi bilan parse qilib olayotgandim. Keyin bilsam, sed komandasi & ni special character sifatida qabul qilarkan. Shunga yechim sifatida & characterni ignore qiluvchi funksiya yozib qo'ydim. Keyin o'sha kuni xabarni to'g'ri ko'rinishda yubordi. Shundan buyon ilova stabil ishlab, har kuni deadline'lar haqida ogohlantiradi, hayotimizni esa sal bo'lsada yengillashtirdi. Aslida bizning asosiy maqsadimiz ham shu...

Agar siz ham Inhada o'qisangiz va shu muammo qiynayotgan bo'lsa, bemalol ishlatishingiz mumkin. O'rnatib olish uchun readme'ni o'qing. Qiynalsangiz kaminaga yozsangiz yordamlashib yuborishim mumkin. Loyihaning o'zi sizga yoqqan bo'lsa, githubda repositoriyaga star bosib qo'ying. Rahmat :-)

Ishlatilgan texnologiyalar: Java, Selenium WebDriver, Github Actions, Maven.
GitHub GitHub - sanjarzayniev/deadline-notifier: Serverless application to notify Inha students about the upcoming deadlines of 7 days… Serverless application to notify Inha students about the upcoming deadlines of 7 days ahead via telegram bot - sanjarzayniev/deadline-notifier
  • 🔥 14
  • 👍 3
  • 🏆 2
More from @sanjartech
  1. Jan 8, 2026#note They kept asking me a question. Then I asked: Can you keep secrets? They said: Yes.…
  2. Dec 24, 2025#oneofmynotes Oq-qora rejim Bu menimcha ITga kirganlarning ko'pchiligiga tekkan kasal. Hay…
  3. Jul 14, 2025#result Turned out to be in July* Whatever we get, we say Alhamdulillah❤️‍🔥
  4. Apr 19, 2025Ha va Yo'q. "Yo'q"ni qilish oson, "Ha"ni aytish oson. "Yo'q" - bitta narsaga yo'q. "Ha" -…
  5. Feb 11, 2025- Who is really SET (Software Engineer in Test) at Google? - SWE vs SET (differences) - Ch…
  6. Aug 25, 2024Bugun 25-avgust. 1991-yil xuddi shu kuni Linux'ning asosi (miyasi deylik) bo'lmish Kerneln…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →