✅ Samarqandda “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Samarqand viloyatida “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, belgilanmagan joylarga tashlangan chiqindilar bartaraf etilmoqda.
➡️Shuningdek, viloyatdagi bir qator chiqindi poligonlarida chiqindilarni tartibga keltirish, surish, tekislash va ustini tuproq qatlami bilan yopish, shuningdek, rekultivatsiya qilishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
➡️Oylik doirasida Urgut tumanidagi Narpay, Nishovaddin, Voriston hamda Oytamg‘ali qishloqlarining markaziy ko‘chalariga chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash uchun maxsus chiqindi qutilari o‘rnatildi.
➡️Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida chiqindi poligonlari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔴Ma’lumot uchun: Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasida amalga oshirilmoqda. Oylik davomida hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tegishli tashkilotlar hamkorligida tizimli ravishda olib borilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube






