💠 Surxondaryoda “Toza shahar” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
⚡️Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida o‘tkazilgan seminarda aholi vakillari, yoshlar, xotin-qizlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda ekologik faollardan iborat 120 nafar ishtirokchi qatnashdi.
➡️Batafsil
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



