TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5253 267
#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Surxondaryo

🔴 Surxondaryoda chiqindilarni boshqarish uchun zamonaviy uskunalar olib kelinmoqda

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan daraxt shox-shabbalarini maydalashga mo‘ljallangan zamonaviy uskuna xarid qilindi. Mazkur uskuna obodonlashtirish jarayonida hosil bo‘ladigan daraxt shoxlari va boshqa o‘simlik qoldiqlarini maydalash imkonini beradi. Kelgusida 7 ta tumanni shu turdagi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.


➡️Viloyatda chiqindilarni saralash madaniyatini shakllantirish, qayta ishlanadigan xomashyolarni alohida yig‘ish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida chiqindilarni 4 turga — xavfli chiqindilar, shisha, plastik va alyuminiy, qog‘oz va kartonga ajratib yig‘ishga mo‘ljallangan zamonaviy konteynerlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu konteynerlar maxsus pedal yordamida ochiladigan qopqoq bilan jihozlangan bo‘lib, fuqarolarga chiqindilarni qopqoqqa qo‘l tekkizmasdan, qulay va gigiyenik tarzda tashlash imkonini beradi.


➡️Chiqindilarni saralash va qayta ishlash tizimini rivojlantirish doirasida Jarqo‘rg‘on tumanida zamonaviy fandomat qurilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur qurilma orqali aholi plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini alohida topshirib, har bir qabul qilingan idish uchun 150 so‘mgacha rag‘bat puli olishi mumkin. Fuqarolar ushbu mablag‘ni o‘z xohishiga ko‘ra Click elektron hamyoniga o‘tkazish yoki xayriya hamda daraxt ekish tashabbuslariga yo‘naltirish imkoniyatiga ega.


Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
More from @sanitationuz
  1. Oct 14, 2026#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Jizzax 🗓 Jizzax: “Tozalik va ozodalik” oyligi doiras…
  2. Oct 14, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qili…
  3. Oct 13, 2026#EkologikMadaniyat 🫥 Insonning hayvondan farqi uning ongi va madaniyatidir! Chiqindini du…
  4. Oct 13, 2026#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Samarqand ✅ Samarqandda “Tozalik va ozodalik” oyligi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →