🟦 Andijonda chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi faoliyati o‘rganildi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi rahbari tomonidan chiqindilarni qayta yuklash stansiyasiga keltirilgan yangi uskunalarning texnik holati hamda stansiyada olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
⏺O‘rganish davomida chiqindilarni presslash va qayta yuklash uskunalarining texnik sozligi, ularning foydalanishga tayyorlik darajasi, chiqindilarni o‘z vaqtida va xavfsiz tashish jarayonlari, shuningdek, sanitariya va ekologik talablarga rioya etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



