TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5228 494
♻️Hududlar chiqindilardan tozalanib, ko‘chatlar zaxirasi yaratilmoqda

"Tozalik va ozodalik" dolzarb ikki oyligi doirasida har kuni respublikaning barcha hududlarida tozalik, ko‘kalamzorlashtirish va "Yashil makon" umummilliy loyihasiga tayyorgarlik davom ettirilmoqda.

Oylik doirasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, hududiy bosh boshqarmalar, tizim tashkilotlari tomonidan belgilangan hududlar chiqindilardan tozalanmoqda, daraxtlar atrofi beton qoplamalardan tozalanmoqda, "Yashil makon" loyihasining kuzgi mavsumi uchun yerlar va ko‘chatlar zaxirasi tayyorlanmoqda.

Xususan, 9-11-oktabr kunlari Andijon viloyati 12342 tonna, Samarqand viloyati 10445 tonna, Toshkent viloyati 8154 tonna, Xorazm viloyati 6888 tonna, Jizzax viloyati 4504 tonna chiqindidan xalos qilindi. Shuningdek, boshqa hududlardan ham tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish uchun ko‘chat ekiladigan joylar aniqlanib, yer maydonlarini tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

“Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
More from @sanitationuz
  1. Oct 13, 2026#EkologikMadaniyat 🫥 Insonning hayvondan farqi uning ongi va madaniyatidir! Chiqindini du…
  2. Oct 13, 2026#TozalikOyligi #HududlardanXabarlar #Samarqand ✅ Samarqandda “Tozalik va ozodalik” oyligi…
  3. Oct 13, 2026#EkologikMadaniyat #TozaShahar 💠 Surxondaryoda “Toza shahar” mavzusida o‘quv seminari o‘t…
  4. Oct 12, 2026#Tashabbus ⚽️ Ta’limga e’tibor — kelajakka e’tibor: 215-maktabning sport maydonchalari zam…
  5. Oct 12, 2026#HududlardanXabarlar #Andijon 🟦 Andijonda chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi faoliyat…
  6. Oct 12, 2026#HududlardanXabarlar #Ragbat 🚴🏻 Respublikada 100 nafar tozalik posboni velosiped bilan r…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →