📍 “Toza shahar” sari: Farg‘onada ekologik seminar tashkil etildi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi va O‘zNNTMA bilan hamkorlikda Farg'ona viloyati Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining majlislar zalida mahalla yoshlar yetakchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, eko-volontyorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
▪️Seminar davomida ishtirokchilarga “Toza shahar” loyihasi doirasida qattiq maishiy chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, atrof-muhitni asrash va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Mavzu bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar tarqatildi. Shuningdek, ishtirokchilarning seminarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida qiziqarli savol-javob va sinov o‘yinlari tashkil etildi. Faol qatnashib, yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘quv-seminar darslari respublika bo‘ylab joriy yil oxirigacha davom etadi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube




