💝 Fuqarolar murojaatlari yuzasidan Chilonzor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Toshkent shahar boshqarmasi hamda hududga xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonasi mas'ul xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Chilonzor tumani “Katta Navbahor” MFY binosida mahalla faollari va aholi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari mas’ul mutaxassislar tomonidan joyida atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida va tezkor hal etish hamda tozalik madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



