🧬Ekologik madaniyat ta'limdan boshlanadi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan aholining chiqindilarni to‘g‘ri tashlashga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini shakllantirish maqsadida ekologik targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
🔴Xususan, Toshkent shahrida joylashgan “Invento” xususiy maktabi o‘quvchilari uchun ekologik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga chiqindilarni saralash, ularni qayta ishlash jarayonlari, qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi.
Shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish, chiqindilarni belgilangan tartibda tashlash va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube