TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5131 886
#EkologikMadaniyat #TozaShahar #Namangan

↗️ Navbatdagi “Toza shahar” o‘quv seminari Namanganda bo‘lib o‘tdi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur bir kunlik ekologik darslar Namangan pedagogika instituti, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Namangan filialida o‘tkazildi.


🔴Tadbirlar davomida Namangan viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A. Mamadaliyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarga toza va yashil shaharlarni barpo etish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, saralash, qayta ishlash hamda utilizatsiya qilish masalalari haqida ma’lumot berdi.

Mavzular interaktiv usullar orqali tushuntirilib, ishtirokchilar bilan chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, atrof-muhitni asrash hamda shaharlar tozaligini ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, aholi va yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.


Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👍 3
  • ❤ 2
More from @sanitationuz
  1. Oct 7, 2026Post #5203
  2. Oct 6, 2026♻️ Chiqindidan elektr: 11 ta zavod yiliga 2,2 mlrd kVt/soat energiya ishlab chiqaradi 🔼Bu…
  3. Oct 6, 2026#Hududlardanxabarlar #Andijon ✅Toza va tartibli poligonlar — ekologik xavfsizlik garovi Ch…
  4. Oct 6, 2026#Hududlardanxabarlar #Seminar 🪴Jizzaxda “Toza shahar” mavzusida seminar o‘tkazildi Chiqin…
  5. Oct 5, 2026#Hududlardanxabarlar #Sayyorqabul 🔻 Muammolar joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar belgila…
  6. Oct 3, 2026⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlas…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →