🏡 YERGA BO‘LGAN HUQUQ QACHONDAN KUCHGA KIRADI?
Yer uchastkasidan foydalanayotganingizning o‘zi hali unga nisbatan huquq qonuniy rasmiylashtirilganini anglatmaydi.
📌 Yer kodeksining 33-moddasiga ko‘ra, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ushbu huquq belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Shuningdek, Kodeksning 35-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
⚠️ Demak, yer uchastkasiga oid qaror, shartnoma yoki boshqa hujjat mavjud bo‘lishining o‘zi yetarli emas. Huquqning davlat reyestrida belgilangan tartibda qayd etilishi muhim.
Sud nizolarida ham aynan yerga bo‘lgan huquqning kimga tegishli ekanligi, uning qanday asosda vujudga kelgani va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan-o‘tkazilmagani muhim huquqiy ahamiyat kasb etadi.
✅ Xulosa: yer masalasida hujjatga ega bo‘lish bilan cheklanib qolmang — huquqingiz davlat reyestrida rasmiylashtirilganini ham tekshiring.
@sanatsiya
Post #178
401
- ⚡ 1
- 🔥 1
- 👏 1