TGViewer
SANATSIYA SANATSIYA @sanatsiya · 5.74K subscribers
Post #191 243
📌 Korrupsiya xavfini baholashning yangi tartibi tasdiqlandi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti 2026-yil 10-oktabrda 3952-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartibda nimalar belgilangan?

🔹 Xavflar har bir ish jarayoni bo‘yicha baholanadi. Davlat xaridlari, shartnomalar tuzish, ishga qabul qilish, litsenziya berish, mablag‘larni taqsimlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish kabi jarayonlar tahlil qilinadi.

🔹 Xavf darajasi uch toifaga ajratiladi:

🟢 past — faqat oddiy xavf belgilari mavjud;

🟡 o‘rta — bitta muhim xavf belgisi mavjud, og‘ir belgi yo‘q;

🔴 yuqori — kamida bitta og‘ir yoki ikki va undan ortiq muhim xavf belgisi mavjud.

Masalan, hujjatlarni qabul qilish, qaror chiqarish va uning ijrosini nazorat qilish bir shaxs yoki bo‘linmada jamlanishi muhim xavf belgisi hisoblanadi.

🔹 Yuqori xavf aniqlansa, amaliy o‘zgarish talab etiladi. Tegishli jarayonning yangi tartibi ishlab chiqiladi, jarayon raqamlashtiriladi yoki nazorat mexanizmlari tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

📅 Asosiy muddatlar:

▪️ har yili 1-fevralga qadar — xavf-xatarlar baholanadi;

▪️ 1-martga qadar — xavf-xatarlar xaritasi va chora-tadbirlar dasturi “E-anticor.uz” orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

▪️ har yarim yilda kamida bir marta — dastur ijrosi monitoring qilinadi.

👤 Birinchi rahbar shaxsan javobgar: baholashni tashkil etish, natijalarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash hamda belgilangan choralarni o‘z vaqtida bajarish uning mas’uliyatidir.

Uslubiyot davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlariga tatbiq etiladi. Hujjatda ayrim organlar uchun istisnolar belgilangan.

@sanatsiya
  • 🔥 3
More from @sanatsiya
  1. Oct 11, 2026🇺🇿 O‘ZBEKISTON — ROBOTOTEXNIKA BO‘YICHA JAHON CHEMPIONI! 🏆🤖 O‘zbekiston yoshlari yana…
  2. Oct 11, 2026⚖️ Mansabdor shaxs har qanday kamchilik uchun jinoiy javobgar bo‘ladimi? Sud amaliyotidagi…
  3. Oct 11, 2026❗️ Rossiyadagi “Yandeks” ma’lumot markazlariga yetgan zarar bizga ham ta’sir ko‘rsatmoqda…
  4. Oct 9, 2026⚖️ KREDIT QARZDORLIGINI UNDIRISHDA BANK KARTALARIDAGI MABLAG‘LARGA CHEKLOV 💳 Markaziy ban…
  5. Oct 9, 2026📢 RASMIY: ERKINJON TURDIMOV TA’LIM VA ILM-FAN VAZIRI LAVOZIMIGA TASDIQLANDI Oliy Majlis Q…
  6. Oct 9, 2026📢 O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMIDA KATTA O‘ZGARISH: IKKI VAZIRLIK BIRLASHTIRILDI 🇺🇿 2026-y…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →