1-QISM
⚖️ 3,2 milliard so‘mlik ekologik da’vo: asoslantirilgan huquqiy himoyaning dastlabki natijasi
Ustozim Saidali aka bilan boshlangan ushbu murakkab iqtisodiy ishda vakolatli ekologiya organi tomonidan Jamiyatdan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari yoqilishi oqibatida tabiatga yetkazilgan deb hisoblangan 3 208 789 503 so‘m zararni undirish talab qilingan edi.
Da’vogar 103 ta holat bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni asos qilib ko‘rsatgan. Birinchi instansiya sudi esa da’voni to‘liq qanoatlantirib, 3,2 milliard so‘mdan ortiq summani Jamiyatdan undirishni belgilagan.
Mazkur qarorga nisbatan kassatsiya shikoyati berilib, quyidagi muhim holatlar nizolashildi:
— zarar miqdori haqiqiy ko‘rsatkichlarga asoslanmagani;
— hosildorlik sun’iy ravishda yuqori olingani;
— yerlarning ball-boniteti har bir kontur bo‘yicha aniqlanmagani;
— 103 ta dalolatnoma yuzasidan alohida hisob-kitob qilinmagani;
— ayrim konturlar takroran hisobga olingani;
— somonni aynan Jamiyat yoki uning xodimlari yoqqani isbotlanmagani;
— Jamiyatning aybi va zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish aniqlanmagani
.
Ish Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida:
raislik qiluvchi sudya N. Sangirov;
hay’at a’zosi A. Suvonqulov;
hay’at a’zosi B. Isakov tarkibida ko‘rib chiqildi.
Sudlov hay’ati da’vogar hisob-kitobida qo‘llangan hosildorlik bilan vakolatli qishloq xo‘jaligi organining rasmiy ma’lumotlari o‘rtasida jiddiy tafovut mavjudligini aniqladi.
Shu sababli ishga qishloq xo‘jaligi mutaxassisi jalb qilinib, 103 ta holat bo‘yicha zarar miqdorini haqiqiy hosildorlik, ball-bonitet va boshqa faktik ma’lumotlar asosida qayta hisoblash belgilandi.
@sanatsiya
Post #175
395