TGViewer
Channel Public Channel
Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

@samdueduuz

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati

• Rektor — @Rustam_Ibragimovich_Xolmurodov
www.samdu.uz
https://www.facebook.com/SamDUeduuzz
http://instagram.com/samdueduuz
https://twitter.com/SamDUeduuz
Subscribers
15.7K
Photos
51.8K
Videos
3.2K
Links
20.9K
Recent Posts 10 shown
Post #59946 2.79K
#Tugʻilgan_kun

Bugun Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professori Vahob Rafikovning tug'ilgan kuni. Ushbu sana munosabati bilan universitet jamoasi olimni tabriklaydi...

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • 🎉 15
  • ❤ 10
  • 👍 4
  • 👏 4
Post #59938 2.88K
“Zulfiyaxonim izdoshlari” seminari

📌Samarqand davlat universitetida yosh avlodni ma’rifat, ijod va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib nomzodlar sifatida tayyorlash maqsadida “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli seminar-trening tashkil etildi.

Batafsil: https://www.samdu.uz/uz/news/65802

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • ❤ 7
  • 👏 2
  • 🔥 1
Post #59937 3.38K
“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” respublika tanlovi boshlanmoqda!

🏛 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talaba qizlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi IT, mexatronika va robototexnika sohalarida o‘z salohiyatini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan qizlar uchun innovatsion tanlov o‘tkazadi. Tanlovning birinchi bosqichi universitetimizda bo‘lib o‘tadi.

🗓 Universitet bosqichi: 2026-yil 26-sentabr (shanba),
🕙 Boshlanish vaqti: Soat 14:00 da
🎯 Kimlar qatnasha oladi?
Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bakalavriat talaba-qizlari.

⌨️ Tanlov yo‘nalishlari:
▫️ Dasturiy ta’minot
▫️ Veb-ishlanmalar
▫️ Mobil ilovalar
▫️ Sun’iy intellekt
▫️ Kiberxavfsizlik
▫️ Raqamli ta’lim
🤖 Avtomatlashtirilgan tizimlar (mexatronika va robototexnika)
🤖 Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari

🗓 Tanlov bosqichlari:
1️⃣ Universitet bosqichi: 26-sentabr (taqdimot 5–7 daqiqa)
2️⃣ Hududiy bosqich: oktabrning birinchi o‘n kunligi (taqdimot 7–10 daqiqa)
3️⃣ Respublika finali: 2026-yil 11-oktabr, Toshkent davlat transport universiteti (taqdimot 10 daqiqa)

⚡️ Har bir bosqichda ish jonli namoyish qilinadi. Hakamlar ishlarni 100 ballik tizimda baholaydi: funksionallik, texnik sifat, innovatsionlik, amaliy ahamiyat va taqdimot sifati hisobga olinadi.

🏆 Respublika bosqichi mukofotlari (har bir yo‘nalish bo‘yicha):
🥇 1-o‘rin: elektrsamokat
🥈 2-o‘rin: noutbuk
🥉 3-o‘rin: televizor

G‘oliblarga vazirlik diplomi va statuetkasi ham topshiriladi. 8 ta maxsus nominatsiya g‘oliblari planshet bilan taqdirlanadi. Universitet bosqichi g‘oliblari universitet imkoniyatlaridan kelib chiqib taqdirlanadi.

⚠️ Muhim:
Taqdim etilgan ish ishtirokchining o‘ziga tegishli bo‘lishi shart. Plagiat aniqlansa, ishtirokchi darhol tanlovdan chetlashtiriladi.
Robototexnika qurilmalari xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishi kerak. Ochiq olovli, xavfli kimyoviy moddali yoki himoyasiz o‘tkir qirrali qurilmalar tanlovga qo‘yilmaydi.
Ishning mualliflik huquqi ishtirokchining o‘zida qoladi.

📞 Murojaat uchun:  +998901000351

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • ❤ 4
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #59936 2.54K
📌Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi mudiri Ozod Yusupov va doktorant Quvondiq Sattorovning “DenseBlock-Level Discriminative Multi-View Feature Fusion for Remote Sensing Scene Classification” nomli maqolasi Scopus hamda Web of Science bazasida indekslanuvchi Q1 kvartildagi nufuzli “IEEE Access” jurnalida nashr etildi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 🎉 2
Post #59932 3.41K
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda
 
📌Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti zoologiya kafedrasi o’qituvchisi (PhD) Muhammadto‘ychi Rahimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yilgi 1-tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

🗒Mazkur dastur doirasida Muhammadto‘ychi Rahimov Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston sirfid pashshalari xilma-xilligi va ularni identifikatsiya qilishning morfologik hamda molekulyar asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirmoqda.

🎓Loyiha O‘zbekiston hududida tarqalgan sirfid pashshalar (Diptera: Syrphidae) faunasining zamonaviy taksonomik tarkibini aniqlash, ularning morfologik va molekulyar xususiyatlarini o‘rganish hamda COI geni asosida DNK-barkodlash usulidan foydalangan holda turlarni ishonchli identifikatsiya qilishga qaratilgan.
Tadqiqot davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan yig‘ilgan kolleksiya materiallari hamda Andijon davlat universitetining boy entomologik kolleksiyasi o‘rganilmoqda. Shuningdek, zamonaviy molekulyar biologiya usullari yordamida sirfid pashshalarning genetik xilma-xilligi va filogenetik aloqalarini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

👥Loyiha natijasida O‘zbekiston sirfid pashshalarining yangilangan faunistik ro‘yxatini yaratish, milliy genetik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, DNK kriobankini tashkil etish hamda sirfid pashshalarni aniqlashga mo‘ljallangan interaktiv aniqlagich va mobil ilovani ishlab chiqish rejalashtirilgan.

💬Mazkur tadqiqot natijalari mamlakatimiz entomofaunasi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni boyitish, bioxilma-xillikni saqlash va zamonaviy molekulyar-taksonomik tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • 👍 12
  • ❤ 6
  • 🔥 2
Post #59931 2.97K
📌Samarqand davlat universiteti Yadro texnologiyalari instituti dotsentlari Shaxboz Xasanov va Akmal Safarovlarning "Ruppeiner thermodynamic geometry, microstructure, quasinormal modes and greybody factors of the Einstein–Skyrme black hole" nomli maqolasi Scopus va SCI (Web of Science) ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi Q1, IF= 4.9 " The European Physical Journal C" jurnalida e'lon qilindi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • 👍 10
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @samdueduuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Samarqand davlat universiteti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Samarqand davlat universiteti have?
Samarqand davlat universiteti (@samdueduuz) has 15.7K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Samarqand davlat universiteti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →