TGViewer
Samarqand davlat universiteti Samarqand davlat universiteti @samdueduuz · 15.7K subscribers
Post #59932 4.33K
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda
 
📌Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti zoologiya kafedrasi o’qituvchisi (PhD) Muhammadto‘ychi Rahimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yilgi 1-tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

🗒Mazkur dastur doirasida Muhammadto‘ychi Rahimov Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston sirfid pashshalari xilma-xilligi va ularni identifikatsiya qilishning morfologik hamda molekulyar asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirmoqda.

🎓Loyiha O‘zbekiston hududida tarqalgan sirfid pashshalar (Diptera: Syrphidae) faunasining zamonaviy taksonomik tarkibini aniqlash, ularning morfologik va molekulyar xususiyatlarini o‘rganish hamda COI geni asosida DNK-barkodlash usulidan foydalangan holda turlarni ishonchli identifikatsiya qilishga qaratilgan.
Tadqiqot davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan yig‘ilgan kolleksiya materiallari hamda Andijon davlat universitetining boy entomologik kolleksiyasi o‘rganilmoqda. Shuningdek, zamonaviy molekulyar biologiya usullari yordamida sirfid pashshalarning genetik xilma-xilligi va filogenetik aloqalarini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

👥Loyiha natijasida O‘zbekiston sirfid pashshalarining yangilangan faunistik ro‘yxatini yaratish, milliy genetik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, DNK kriobankini tashkil etish hamda sirfid pashshalarni aniqlashga mo‘ljallangan interaktiv aniqlagich va mobil ilovani ishlab chiqish rejalashtirilgan.

💬Mazkur tadqiqot natijalari mamlakatimiz entomofaunasi bo‘yicha ilmiy ma’lumotlarni boyitish, bioxilma-xillikni saqlash va zamonaviy molekulyar-taksonomik tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
  • 👍 13
  • ❤ 6
  • 🔥 2
More from @samdueduuz
  1. Sep 27, 2026📌Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti ma…
  2. Sep 27, 2026📌Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti fizikaviy va kolloid kimyo kafedras…
  3. Sep 27, 2026SamDU olimlari “Gio Sustainable BRICS 2026” xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etmoqd…
  4. Sep 27, 2026#Ob_havo ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram…
  5. Sep 26, 2026Tadbirkorlik tafakkuri va biznes imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi barcha oliy ta’lim…
  6. Sep 26, 2026📌Samarqand davlat universiteti innovatsion texnologiyalar (IT) markazi ✅ Ijtimoiy tarmoql…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →