“IT QUEENS – KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” respublika tanlovi boshlanmoqda!
🏛 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talaba qizlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi IT, mexatronika va robototexnika sohalarida o‘z salohiyatini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan qizlar uchun innovatsion tanlov o‘tkazadi. Tanlovning birinchi bosqichi universitetimizda bo‘lib o‘tadi.
🗓 Universitet bosqichi: 2026-yil 26-sentabr (shanba),
🕙 Boshlanish vaqti: Soat 14:00 da
🎯 Kimlar qatnasha oladi?
Kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bakalavriat talaba-qizlari.
⌨️ Tanlov yo‘nalishlari:
▫️ Dasturiy ta’minot
▫️ Veb-ishlanmalar
▫️ Mobil ilovalar
▫️ Sun’iy intellekt
▫️ Kiberxavfsizlik
▫️ Raqamli ta’lim
🤖 Avtomatlashtirilgan tizimlar (mexatronika va robototexnika)
🤖 Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari
🗓 Tanlov bosqichlari:
1️⃣ Universitet bosqichi: 26-sentabr (taqdimot 5–7 daqiqa)
2️⃣ Hududiy bosqich: oktabrning birinchi o‘n kunligi (taqdimot 7–10 daqiqa)
3️⃣ Respublika finali: 2026-yil 11-oktabr, Toshkent davlat transport universiteti (taqdimot 10 daqiqa)
⚡️ Har bir bosqichda ish jonli namoyish qilinadi. Hakamlar ishlarni 100 ballik tizimda baholaydi: funksionallik, texnik sifat, innovatsionlik, amaliy ahamiyat va taqdimot sifati hisobga olinadi.
🏆 Respublika bosqichi mukofotlari (har bir yo‘nalish bo‘yicha):
🥇 1-o‘rin: elektrsamokat
🥈 2-o‘rin: noutbuk
🥉 3-o‘rin: televizor
G‘oliblarga vazirlik diplomi va statuetkasi ham topshiriladi. 8 ta maxsus nominatsiya g‘oliblari planshet bilan taqdirlanadi. Universitet bosqichi g‘oliblari universitet imkoniyatlaridan kelib chiqib taqdirlanadi.
⚠️ Muhim:
Taqdim etilgan ish ishtirokchining o‘ziga tegishli bo‘lishi shart. Plagiat aniqlansa, ishtirokchi darhol tanlovdan chetlashtiriladi.
Robototexnika qurilmalari xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishi kerak. Ochiq olovli, xavfli kimyoviy moddali yoki himoyasiz o‘tkir qirrali qurilmalar tanlovga qo‘yilmaydi.
Ishning mualliflik huquqi ishtirokchining o‘zida qoladi.
📞 Murojaat uchun: +998901000351
✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Samdu.uz | 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook |🎞 You tube
Post #59937
3.84K

- ❤ 4
- 👍 2
- 🔥 1