AQShning Illinois Institute of Technology (Illinois Tech) vakili ISFT Institutiga tashrif buyurib, tomonlar mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi qo‘shma akademik tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
🤝 Uchrashuvda hamkorlikni amaliy loyihalar bilan boyitish, bakalavriat va magistratura bosqichlarida yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Iqtisodiyot, Biznes boshqaruvi, Marketing tahlili, Axborot texnologiyalari, Kompyuter fanlari, Kiberxavfsizlik va Ma’lumotlar tahlili (Data Science) yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar kelgusidagi qo‘shma akademik loyihalar va hamkorlikning keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv ISFT Instituti va Illinois Tech o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda talabalar uchun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
✅ ISFT Instituti — xalqaro hamkorlik orqali talabalar uchun global ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi.
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook


