🏬18-oktyabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan ISFT instituti Samarqand filiali assistent-o‘qituvchisi Ashurov Eldor Gaybullayevich tomonidan 26-SXM-01 va 26-SXM-02 guruhlari talabalari ishtirokida ma’ruza darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Samarqandning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni, boy tarixiy merosi va Registon, Shohi Zinda, Go‘ri Amir kabi betakror obidalarining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Dars yoshlarning tarixiy tafakkurini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat va ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Samarqand — o‘tmishdan kuch oladigan, buguni bilan faxrlanadigan va kelajakka ilhom beradigan bebaho meros!
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



