🎓 Har bir talabaning o‘z orzusi bor: kimdir xorijda tahsil olishni, kimdir yangi tajriba orttirishni, yana kimdir o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni istaydi. Institutimizning xalqaro hamkorlik yo‘lidagi navbatdagi qadami ana shu orzularga yanada yaqinlashtiradigan imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan.
Janubiy Koreyaning Busan shahrida institut delegatsiyasi Busan Women’s University bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat — Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi.
Bu kelishuv ISFT talaba-qizlari uchun qanday imkoniyatlar eshgini ochadi?
Endilikda talabalar almashinuvi dasturlari, yozgi va qishki maktablar hamda qisqa muddatli akademik dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish uchun zamin yaratildi. Bu esa yangi bilimlar, boshqa ta’lim muhiti va xalqaro tajriba sari muhim qadamdir.
🌏Yana bir istiqbolli yo‘nalish — turizm! Busan Women’s University’da Global Tourism Management bakalavriat dasturini ingliz va koreys tillarida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus kelgusida turizm va xalqaro xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hamkorlik faqat talabalar bilan cheklanmaydi.
Professor-o‘qituvchilar uchun ham malaka oshirish va tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
👉 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁Telegram 📷 Instagram 🗳Facebook ▶️YouTube



