“Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
2026-yilning may oyidan boshlab o‘tkazilib kelingan “Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetib 5 ta nominatsiya bo‘yicha jami 15 nafar g‘olib aniqlandi.
Tanlovning 2-bosqichi g‘olib va sovrindorlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin egalariga — 150 baravari;
2-o‘rin egalariga — 125 baravari;
3-o‘rin egalariga — 100 baravari.
Tanlov g‘oliblari 2026-yil 27–29-oktabr kunlari “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori ostida CAEx xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek-2026” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida taqdirlanadi.
🏆 Tanlov g‘oliblari
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
