TGViewer
Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi @samarkandinnovation · 451 subscribers
Post #3435 73

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan korxonalarni tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish va ularning reestrini yuritish tartibi belgilandi.


Hukumat qarori (554-son, 09.10.2026-y.) bilan Oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar huzurida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarni tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish va ularning reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

✔️Qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan reestrga kiritiladigan korxonalar quyidagi mezonlarga javob berishi shart:

➖korxona ustav fondining kamida 25 foizi oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotga tegishli bo‘lishi lozim;

➖ korxona tomonidan ilmiy tadqiqotga asoslangan mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha asoslantirilgan biznes reja ishlab chiqilishi kerak;

➖ korxona tomonidan ishlab chiqiladigan tovar (xizmat) muassis bo‘lgan oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotning ishlanmasiga asoslangan bo‘lishi shart;

➖ yangi ishlanma muassis — oliy ta’lim tashkiloti va (yoki) ilmiy tashkilotda bajarilgan ilmiy-tadqiqot, dissertatsiya ishi, xo‘jalik shartnomasi natijasida olingan bo‘lishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intellektual mulk huquqi muhofazalangan yaratilgan texnologiyaga asoslangan bo‘lishi kerak.

➖ “Spin-off” korxonasining ustav fondi muassisning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan 25 foizdan kam bo‘lmagan ulushdan tashqari venchur fondlar, xorijiy va (yoki) mahalliy investorlar mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham shakllantirilishi mumkin.

⚡️ “Spin-off” korxonalarini reestrga kiritish va ko‘rib chiqish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
More from @samarkandinnovation
  1. Oct 14, 2026🤝 INNOVATSIYA VA BIZNES TA’LIMI INTEGRATSIYASI: HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI Hududda i…
  2. Oct 14, 2026✅URGUT TUMANIDA NAVBATDAGI «MOHIRLIK VA BIZNES SOATI» DARSLARI BO‘LIB O‘TDI Yoshlarning ta…
  3. Oct 14, 2026#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Spin_off “Spin-off” tashkil qiling — imtiyozlardan foydalani…
  4. Oct 14, 2026#diqqat “Intellektual faoliyat bo‘yicha” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 2026-yil…
  5. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak! Kore…
  6. Oct 13, 2026📣 E’LON! SAMARQAND VILOYATI EKO STARTAPCHILAR KLUBIGA A’ZOLIK UCHUN TANLOV BOSHLANADI! Sa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →