TGViewer
Channel Public Channel
Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi

Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi

@samarkandinnovation

Subscribers
453
Photos
2.9K
Videos
250
Links
812
Recent Posts 10 shown
Post #3422 31

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoWeek_2026

✅ Balki siz izlayotgan savolga olimlar allaqachon yechim topgandir…

⚙️ Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish mumkinmi?
💧 Suvdan yanada samarali foydalanishning yangi texnologiyasi bormi?
🌱 Hosildorlikni oshirishning samarali usulichi?
🔋 Energiya sarfini kamaytirish mumkinmi?
🏭 Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirishning yangi yechimi bormi?
🧪 Mahsulotning sifatini yaxshilaydigan yangi texnologiyachi?


Bugun olimlarimiz turli sohalardagi ana shunday muammolarga yechim topishga qaratilgan tadqiqotlar olib bormoqda.

Ammo ilmiy g‘oyaning haqiqiy qiymati uning amaliyotda qo‘llanilishi bilan yanada ortadi. Buning uchun olim va tadbirkor bir-birini topishi kerak. InnoWeek-2026 — ana shu uchrashuvlar uchun imkoniyat.

➡️ Bu yerda tadbirkorlar yangi texnologiya va innovatsion ishlanmalar bilan tanishishi, o‘z ehtiyojlariga mos yechimlarni izlashi, olimlar esa o‘z tadqiqot va ishlanmalarini amaliyot va ishlab chiqarish vakillariga taqdim etishi mumkin.

🔍27–29-oktyabr | CAEx

⚫️Ro‘yxatdan o‘tish: innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #3418 105
🚂 Qashqadaryolik temir yo‘l xodimlari Samarqand yoshlar texnoparkida!

📍 Samarqand yoshlar texnoparkiga Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan temir yo‘l sohasi xodimlari hamda yosh mutaxassislari uchun maxsus tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.

📂 Tashrif davomida mehmonlar texnoparkimizda yoshlar va iqtidorli kadrlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy laboratoriyalar va amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

📂 Uchrashuv davomida an’anaviy sohalarga, xususan, temir yo‘l va transport tizimiga raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish, tizimni avtomatlashtirish hamda yosh mutaxassislarning zamonaviy ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

🤝Samarqand yoshlar texnoparki barcha soha vakillari va izlanuvchan yoshlar bilan hamkorlik qilish uchun doimo ochiq. Raqamli kelajakni birgalikda quramiz!

🕊Bizni kuzatib boring!
Post #3417 64

Forwarded from Edu.uz

❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #3410 68

Forwarded from Edu.uz

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/231315

👉 На руском
👉 In English

#VazirUchrashuvi #Natijadorlik #AmaliyYechim

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #3409 82

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

✅ Startaplar va yosh innovatorlar diqqatiga!

27–29-oktabr kunlari CAEx’da InnoWeek-2026 innovatsion haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
⚫️Loyihangizni investorlar va mutaxassislarga taqdim etish
⚫️Investorlar va potensial hamkorlar bilan tanishish
⚫️Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va yashil energetika bo‘yicha muhokamalarda qatnashish

Agar sizda startap loyiha yoki g‘oya bo‘lsa, uni rivojlantirish uchun hamkor va investitsiya topish imkoniyatidan foydalaning.

⚫️Sana: 27–29-oktabr
⚫️Manzil: CAEx

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: innoweek.uz

Ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #3408 41

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
  • 👍 2
Post #3407 89

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #3405 89

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoWeek_2026

Ilmiy g‘oyangizni xalqaro loyihaga aylantirishni istaysizmi?


Bugun ilm-fanda kuchli tadqiqotning o‘zi yetarli emas. Uni xalqaro ilmiy hamjamiyatga olib chiqish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda rivojlantirish va yirik ilmiy loyihalarga jalb etish ham muhim.

Aynan shu jihatdan “Horizon Europe” dasturi olimlar uchun katta imkoniyatlar maydonidir. U Yevropa Ittifoqining ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi asosiy dasturlaridan biri bo‘lib, turli mamlakatlar olimlari, tadqiqotchilari, universitetlari, ilmiy tashkilotlari va biznes vakillarini xalqaro loyihalar atrofida birlashtiradi.

InnoWeek-2026 doirasida “Horizon Europe” axborot va tarmoq qurish sessiyasi o‘tkaziladi.


Sessiyada:
— “Horizon Europe”ning 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan yangi ish dasturi va undagi imkoniyatlar;
— Yevropa Komissiyasining Global Services Facility (GSF) mexanizmi;
— xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish yo‘llari;
— xorijiy hamkor va hamkor tashkilotlarni topish;
— xalqaro konsorsiumlar shakllantirish;
— ilmiy g‘oya va loyihalarni Yevropa dasturlari doirasida rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

🎯 Olim uchun bu sessiya nimani anglatadi?

Bu shunchaki ma’lumot olish uchun o‘tkaziladigan uchrashuv emas. Sessiya davomida tadqiqotchilar o‘z ilmiy yo‘nalishiga mos xalqaro hamkorlarni topish, kelgusidagi loyiha va grant imkoniyatlari haqida bevosita mutaxassislardan ma’lumot olish hamda yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng muhimi, ilmiy g‘oya xalqaro hamkorlikka ega bo‘lganda uning ko‘lami ham, ta’siri ham kengayadi.

📍 Manzil: CAEx | BETA HALL
⏳ Vaqt: 14:00–17:30, 28-oktabr

🔴Ro‘yxatdan o‘tish uchun: innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #3402 143
#Ayni_vaqtda

“Ma’naviyat soati” boʻlib oʻtmoqda.

Ayni damda haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida “Ma’naviyat soati” bo'lib o'tmoqda.

Unda Samarqand viloyati Innovatsion rivojlanish bo'linmasi ham onlayn ravishda ishtirok etishmoqda.

🕊Bizni kuzatib boring!
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @samarkandinnovation without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi have?
Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi (@samarkandinnovation) has 453 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Samarqand viloyati innovatsion rivojlanish boʻlinmasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →