TGViewer
Rustam Karimjonov Rustam Karimjonov @rkarimjonov · 1.77K subscribers
Post #2954 572

Forwarded from Digital.uz

✅ O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

▶️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ICPC Foundation prezidenti Uilyam Pucher bilan uchrashuv o‘tkazdi.

⚡️Uchrashuvda O‘zbekistonda dasturlash musobaqalari ekotizimini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatning nufuzli xalqaro dasturlash musobaqalaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

❕ICPC — dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli talabalarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro dasturlash musobaqasi hisoblanadi. Musobaqada 70 mingdan ortiq talaba va 4 mingdan ziyod universitet ishtirok etadi. Uning Jahon finalida esa 140 ta universitet jamoasi o‘zaro kuch sinashadi.

✅Muloqot davomida O‘zbekistonning ICPC bilan hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, ICPC Jahon finalini mamlakatda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi. Bunday xalqaro musobaqalarni o‘tkazish mamlakatning global texnologik hamjamiyat bilan aloqalarini mustahkamlash, mahalliy yoshlar salohiyatini namoyon etish va dasturlash sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/223170

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 👍 3
  • 🔥 1
More from @rkarimjonov
  1. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  2. Oct 7, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  3. Sep 29, 2026📌Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🎤 AQShning Yuta univers…
  4. Sep 22, 2026🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining…
  5. Sep 21, 2026Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganla…
  6. Sep 17, 2026🌟 WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🟪Raqamli texnologiyalar vazi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →