TGViewer
Rustam Karimjonov Rustam Karimjonov @rkarimjonov · 1.77K subscribers
Post #2937 554

Forwarded from Digital.uz

🌟 WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🟪Raqamli texnologiyalar vazirligida Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum — WEF)ning Yevropa va Yevroosiyo yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik rahbari Marwen Garbaa hamda Europe & Eurasia – Centre for Regions, Trade & Geopolitics vakili Dietrich John bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida WEFning ustuvor yo‘nalishlari va amaldagi ish yo‘nalishlari, shuningdek, O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumi — davlat, biznes, akademik doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiruvchi xalqaro platforma bo‘lib, global va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Forum 1971-yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Shveytsariyaning Kologni shahrida joylashgan.


📌Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va WEF o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro muloqotni davom ettirish va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @rkarimjonov
  1. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  2. Oct 7, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  3. Sep 29, 2026📌Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🎤 AQShning Yuta univers…
  4. Sep 23, 2026✅ O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari…
  5. Sep 22, 2026🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining…
  6. Sep 21, 2026Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →