TGViewer
Rustam Karimjonov Rustam Karimjonov @rkarimjonov · 1.78K subscribers
Post #2947 334

Forwarded from Sherzod Shermatov

Startap yaratuvchilari va Startapga investitsiya kiritish orqali daromad olishni istaganlar, albatta, ertadan boshlab ICT Week tadbirlarida ishtirok eting!

Hurmatli Prezidentimiz doim ta’kidlaganlaridek bizning eng katta boyligimiz bu inson kapitali, shijoatli yoshlarimizdir. Hozir ularning g‘oyalarini startapga aylantirib, kelgusida dunyo darajasigacha chiqishiga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Shuning uchun bu yilgi AKT Haftaligining asosiy e’tibori aynan startap ekotizimini yanada rivojlantirishga qaratiladi.

Sun’iy Intellekt (SI) rivojlanishi startap qilmoqchi bo‘lgan yoshlarga imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. SI yordamida MVP yaratish juda oson bo‘lib bormoqda. O‘z g‘oyangizni rivojlantirish uchun boshqa startap ekotizimi ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnatish va tajriba almashish juda muhimligini inobatga olib, albatta, ICT Weekda qatnashing! 

Startaplarga investitsiya kiritish orqali, juda yaxshi daromad topish mumkinligidan ko‘pchilikni xabari yo‘q xali. Qiziqarli va kelajagi porloq startaplarga vaqtliroq investitsiya kiritish orqali yuqori daromadga ega bo‘lish istagidagi sarmoyadorlar uchun ham ICT Weekda qatnashish juda foydali bo‘ladi.


📍CAEx Uzbekistan
🗓 22–25-sentabr.

🤩Ro‘yxatdan o‘ting

🚍 CAEx Uzbekistan’ga bepul transport jadvali
  • 👍 4
  • ❤ 1
More from @rkarimjonov
  1. Oct 8, 2026Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platfo…
  2. Oct 7, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
  3. Sep 29, 2026📌Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🎤 AQShning Yuta univers…
  4. Sep 23, 2026✅ O‘zbekistonda dasturlash ekotizimini rivojlantirish va ICPC bilan hamkorlik istiqbollari…
  5. Sep 22, 2026🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining…
  6. Sep 17, 2026🌟 WEF vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🟪Raqamli texnologiyalar vazi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →