TGViewer
AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi @respublika_akis · 561 subscribers
Post #6967 68

Forwarded from O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Kartoshkachilikda ilg'or texnologiyalar va ilmiy tajriba almashinuvi


✔️Xabaringiz bor, Germaniyaning Farmtastic Consulting GMBH kompaniyasi bosh direktori Yurgen Shvarsenshtayner Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimdagi ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanishdi. Xususan kunning birinchi yarimida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik loyihalari bilan tanishdi.

⏰Kunning ikkinchi yarimida esa Milliy markazda faoliyat yurituvchi Vengriya kartoshkachilik laboratoriyasi faoliyati, laboratoriyada kartoshkachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy biotexnologik yondashuvlar, sog‘lom va sifatli urug‘lik materiallarini yetishtirish hamda kartoshka urug‘chiligi samaradorligini oshirishga qaratilgan tajribalar bilan tanishdi.

🔬Shuningdek, kartoshka urug‘chiligida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy laboratoriya usullaridan foydalanish, urug‘lik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholash va fitosanitariya nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣Muloqotda sog‘lom ekish materiallarini yetishtirish, kasalliklardan xoli ko‘chatlar olish, laboratoriya va issiqxona sharoitida qo‘llaniladigan texnologiyalarni takomillashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.

📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
More from @respublika_akis
  1. Oct 16, 2026O‘zbekiston–Germaniya: kartoshkachilikda ilm-fan va innovatsion hamkorlik 🇺🇿🇩🇪Bugun Qi…
  2. Oct 16, 2026🌾🌾🌾🌾🌾🌾 👍Ibrohim Abdurahmonov – qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasining ilg‘or ka…
  3. Oct 16, 2026👍G‘O‘ZAPOYADAN — TUPROQ UNUMDORLIGI SARI! ♻️ Qishloq xo‘jaligi qoldiqlari — yangi imkoniy…
  4. Oct 16, 2026#BiocharChellenj 👍Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida biochar tayyorlash ishlariga ta…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →