🌾🌾🌾🌾🌾🌾
👍Ibrohim Abdurahmonov – qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasining ilg‘or kashshoflari safida
🌱 O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Jahon oziq-ovqat mukofoti jamg‘armasi tomonidan 2026-yilda “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasining eng ilg‘or kashshoflari” qatorida e’tirof etildi.
🗣Ushbu e’tirof olimning ekinlar genomikasi, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda pomidor asosidagi iste’mol qilinadigan vaksina bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishlari va sohaga qo‘shgan hissasining xalqaro miqyosda tan olinishidir.
✍️ Shuningdek,vazir Ibrohim Abdurahmonov 2026-yil 20–22-oktabr kunlari AQSHning Ayova shtati De-Moyn shahrida o‘tkaziladigan Norman E. Borlaug xalqaro muloqoti ma’ruzachilari qatoridan ham joy oldi. Mazkur nufuzli anjuman global oziq-ovqat xavfsizligi, ilm-fan va innovatsiyalar kelajagini muhokama qilish uchun yetakchi mutaxassislarni birlashtiradi.
✅ Bu e’tirof nafaqat vazir Ibrohim Abdurahmonovning ko‘p yillik ilmiy faoliyati va izlanishlariga berilgan yuksak baho, balki O‘zbekiston ilm-fani va qishloq xo‘jaligi salohiyatining xalqaro maydondagi nufuzini namoyon etuvchi muhim voqea hamdir.
Bizni kuzating
❤Facebook |❤Instagram |❤YouTube |❤Telegram|🌐web-sayt
Post #6959
133

- 🔥 2