#BiocharChellenj
👍Navoiy viloyatida biochar tayyorlash uchun g‘o‘zapoyalar jamg‘arilmoqda
📍Navoiy viloyati Karmana tumanida paxta hosili yig‘ib olingan maydonlarda biochar (bioko‘mir) tayyorlash uchun g‘o‘zapoyalarni yig‘ish va quritish ishlari amalga oshirilmoqda.
♻️ Mazkur jarayon doirasida g‘o‘zapoyalar belgilangan tartibda jamg‘arilib, biochar tayyorlash uchun zarur xomashyo zaxirasi shakllantirilmoqda.
🌱Ushbu tashabbus qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
❤Facebook |❤Instagram |❤YouTube |❤Telegram|🌐web-sayt
Post #6947
155


- 👍 1