O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Rasmiy telegram kanali
Murojaat uchun: @anvarhakberdiyev
Post #16615
369

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Kartoshkachilikda ilg'or texnologiyalar va ilmiy tajriba almashinuvi
✔️Xabaringiz bor, Germaniyaning Farmtastic Consulting GMBH kompaniyasi bosh direktori Yurgen Shvarsenshtayner Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimdagi ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanishdi. Xususan kunning birinchi yarimida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik loyihalari bilan tanishdi.
⏰Kunning ikkinchi yarimida esa Milliy markazda faoliyat yurituvchi Vengriya kartoshkachilik laboratoriyasi faoliyati, laboratoriyada kartoshkachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy biotexnologik yondashuvlar, sog‘lom va sifatli urug‘lik materiallarini yetishtirish hamda kartoshka urug‘chiligi samaradorligini oshirishga qaratilgan tajribalar bilan tanishdi.
🔬Shuningdek, kartoshka urug‘chiligida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy laboratoriya usullaridan foydalanish, urug‘lik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholash va fitosanitariya nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🗣Muloqotda sog‘lom ekish materiallarini yetishtirish, kasalliklardan xoli ko‘chatlar olish, laboratoriya va issiqxona sharoitida qo‘llaniladigan texnologiyalarni takomillashtirish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

- ✍ 1