TGViewer
Raqamli San’at Raqamli San’at @raqamlisanat · 454 subscribers
Post #9 689
🎭 Abror Hidoyatov teatrida raqamli texnologiyalar joriy etiladi

“Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi hamda Abror Hidoyatov nomidagi teatr rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida teatr sahnasini zamonaviy texnologiyalar asosida yangi bosqichga olib chiqish, xususan, 3D mapping, LED-texnologiyalar, raqamli dekoratsiyalar va vizual effektlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy maqsad sahna asarlarida tomoshabinga yanada kuchli taassurot beruvchi ultrarealistik muhit va uch o‘lchamli vizual effektlarni yaratish, an’anaviy teatr san’atini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish.

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni boshlash va ishlarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Yangi hamkorlik doirasida raqamli texnologiyalarni teatr sahnasiga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • ❤ 1
More from @raqamlisanat
  1. Oct 11, 2026Raqamli san’at ijodiy birlashmasi va Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi o‘rtasida hamkorl…
  2. Oct 10, 2026«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда…
  3. Oct 9, 2026Aibek va Aisha Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ij…
  4. Oct 7, 2026🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum i…
  5. Oct 6, 2026“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barch…
  6. Oct 1, 2026🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’li…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →