TGViewer
Raqamli San’at Raqamli San’at @raqamlisanat · 455 subscribers
Post #48 147
Raqamli san’at ijodiy birlashmasi va Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Hamkorlikning asosiy maqsadi texnikum o‘quvchilarini zamonaviy kasbiy muhitga yaqinlashtirish, sun’iy intellekt bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Memorandum doirasida texnikum o‘quvchilari uchun birlashma va uning tarkibiy bo‘linmalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, Raqamli san’at mutaxassislari ishtirokida seminar, trening, ochiq dars va mahorat mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sun’iy intellekt savodxonligini oshirishga qaratilgan o‘quv va targ‘ibot tadbirlari, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va forumlar tashkil etiladi. Ta’lim jarayoniga esa sun’iy intelektI amaliyoti bilan bog‘liq zamonaviy tajribalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi iqtidorli o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish.

Bu kelishuv ta’lim va real amaliyot o‘rtasidagi masofani qisqartirib, yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
More from @raqamlisanat
  1. Oct 10, 2026«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда…
  2. Oct 9, 2026Aibek va Aisha Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ij…
  3. Oct 7, 2026🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum i…
  4. Oct 6, 2026“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barch…
  5. Oct 1, 2026🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’li…
  6. Oct 1, 2026Xalqimizda “ustoz ko‘rgan” degan ibora faqat kimdandir dars olgan odamga nisbatan aytilmay…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →