TGViewer
Raqamli San’at Raqamli San’at @raqamlisanat · 454 subscribers
Post #21 659
“Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi Unitree va Pudu Robotics kompaniyalarining rasmiy distribyutori – VANT kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy robototexnika texnologiyalari hamda ularni teatr, muzey, ko‘rgazma va turli madaniy tadbirlarda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor robotlarni shunchaki texnologik namoyish sifatida qo‘llashga emas, balki ular orqali tomoshabin tajribasini boyitish, interaktiv muhit yaratish, yoshlarning san’at va zamonaviy texnologiyalarga qiziqishini oshirish hamda ijodkorlar uchun yangi formatlarni shakllantirishga qaratildi.

Shuningdek, kelgusida ushbu texnologik yechimlarni madaniyat muassasalari va ijodiy loyihalarda amaliy sinovdan o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

“Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi san’at, madaniyat va zamonaviy texnologiyalar kesishmasida yangi imkoniyatlarni izlash va ularni amaliy loyihalarga aylantirishni davom ettiradi.
  • 🔥 8
  • 🐳 3
More from @raqamlisanat
  1. Oct 11, 2026Raqamli san’at ijodiy birlashmasi va Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi o‘rtasida hamkorl…
  2. Oct 10, 2026«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда…
  3. Oct 9, 2026Aibek va Aisha Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ij…
  4. Oct 7, 2026🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum i…
  5. Oct 6, 2026“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barch…
  6. Oct 1, 2026🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’li…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →