TGViewer
Raqamli San’at Raqamli San’at @raqamlisanat · 452 subscribers
Post #14 684
“Raqamli san’at” ijodiy birlashmasi va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim va ijodiy sohalarga tatbiq etish, yoshlar uchun zamonaviy bilim va amaliy imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlik doirasida:

– Respublika yoshlariga mo‘ljallangan sun’iy intellekt va raqamli san’at bo‘yicha ta’lim kursini tashkil etish;
– AI yordamida vizual va interaktiv darsliklar hamda yangi avlod ta’lim kontentini yaratish;
– Raqamli san’at va kreativ texnologiyalar bo‘yicha amaliy loyihalarni amalga oshirish;
– yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ta’limni yangi texnologiyalar bilan boyitish. AI yordamida nafaqat yangi bilimlarni o‘rgatish, balki ularni vizual va interaktiv formatlarda yetkazish imkoniyatlari ham amaliyotga joriy etiladi.

Tez orada universitet bilan hamkorlikda AI sohasida ta’lim berish bo'yicha o'quv kurslari va boshqa qo‘shma tashabbuslar amalga oshiriladi.
  • 🔥 9
  • ❤ 6
  • 🐳 2
More from @raqamlisanat
  1. Oct 11, 2026Raqamli san’at ijodiy birlashmasi va Toshkent noshirlik-matbaa texnikumi o‘rtasida hamkorl…
  2. Oct 10, 2026«Америкалик тадқиқотчилар СИ билан аждодларимиз қиёфаларини тикламоқчи» — рақамли санъатда…
  3. Oct 9, 2026Aibek va Aisha Ular “Raqamli san’at” ijodiy birlashmamiz tomonidan yaratilgan milliy AI ij…
  4. Oct 7, 2026🇺🇸🇺🇿 "Raqamli San’at" ijodiy birlashmasi AQShning Albany University bilan memorandum i…
  5. Oct 6, 2026“DARYO TOSHQIN” – Aibek & Aisha O‘zbek kinosining durdonasi “Shum bola” filmi orqali barch…
  6. Oct 1, 2026🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’li…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →