💸 Daromad va xarajatlarni “50/30/20 qoidasi” asosida nazorat qilishO‘z daromadingiz va xarajatlaringizni kuzatib boring. Har oy byudjet rejasini tuzing va uni “50/30/20 qoidasi” asosida boshqarib boring.
1️⃣
50% — Asosiy ehtiyojlar:Bu guruhga hayotingiz uchun zarur bo‘lgan majburiy xarajatlar kiradi. Masalan:
— 🏠
Yashash joyi: Ijara, kommunal to‘lovlar
— 🍽️
Oziq-ovqat: Do‘kondagi xaridlari, kundalik ovqatlanish uchun xarajatlar
— 🚗
Transport: Yo‘l haqi, yonilg‘i, mashina xarajatlari bo'lishi mumkin
— 🏥
Sog‘liq uchun xarajatlar: Dori-darmon bo'lishi mumkinn
— 📱
Aloqa vositalari: Internet, WiFi va telefon to‘lovlari
💡
Maslahat: Asosiy ehtiyojlar daromadingizning 50% dan oshib ketayotgan bo‘lsa, xarajatlaringizni tahlil qiling va qisqartirish yo‘llarini qidiring. Masalan, arzonroq uy topish yoki transport xarajatlarini kamaytirish.
2️⃣
30% — Istak va qulayliklar:Bu bo‘limda majburiy bo‘lmagan, lekin hayotingizni yanada qiziqarli va yoqimli qiladigan narsalarga pul sarflaysiz. Masalan:
— 🎉
Ko‘ngilochar tadbirlar: Kino, konsert, kafelarga borish
— 👕
Shaxsiy xarajatlar: Kiyim-kechak, sartarosh xarajatlari va shu kabilar.
— ✈️
Sayohat: Dam olish uchun safarlar
— 📱
Gadjetlar va texnika: Telefon, kompyuter kabi texnikalar
💡 Maslahat: Bu kategoriya bo‘yicha haddan tashqari sarf-xarajat qilmaslik uchun har bir oyda belgilangan limitdan chiqmaslikka harakat qiling.
3️⃣
20% — Jamg‘arma va qarzlar:Bu bo‘limda kelajagingizga sarmoya kiritish yoki moliyaviy majburiyatlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi. Masalan:
— 💵
Jamg‘arma: Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma yaratish
— 📊
Investitsiya: Aksiyalar va doimiy pul keltirib turadigan joylarga investitsiya
— 💳
Qarzlarni yopish: Kredit qarzlari yoki boshqa majburiyatlarni to‘lash
💡
Maslahat: Agar qarzlaringiz ko‘p bo‘lsa, avval yirik foizli qarzlardan qutulishga harakat qiling. Keyin esa investitsiya va jamg‘arma bo‘yicha harakatni boshlang.
📌
Ushbu qoidani misolda koʻrib ketamiz:
Agar har oy 10 million so‘m daromad qilsangiz:
🏠 50% — 5 million so‘m asosiy ehtiyojlarga
🌟 30% — 3 million so‘m istak va qulayliklarga
💰 20% — 2 million so‘m jamg‘arma yoki qarzlarni to‘lashga ajratiladi.
Agar daromadingiz o‘zgarsa, ushbu foizlarni saqlagan holda summalarni moslashtirish mumkin)
Bu qoidaning asosiy afzalligi — daromadingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mablag‘laringizni aniq boshqarishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik va maqsadlarga erishish osonlashadi.
@ramzbek