TGViewer
Ramzbek Nurkulov Ramzbek Nurkulov @ramzbek · 349 subscribers
Post #557 426
Diqqatni jamlash uchun, fokus uchun ya'ni – chalg‘itishlarni oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

Fokus zonasi yarating:
– Ishlayotganingizda telefon va ijtimoiy tarmoqlarni butunlay o‘chirib qo‘ying yoki boshqa xonaga olib qo‘ying.
– Laptopda “Focus Mode” yoki “Do Not Disturb” funksiyalaridan foydalaning.

Vaqtni cheklab qo'ying:
– Kunning ma’lum qismini faqat chuqur ishga ajrating va shu vaqt oralig‘ida boshqa hech qanday ish bilan shug‘ullanmaslikka harakat qiling.
– Masalan: 09:00–11:00 va 14:00–16:00 oralig‘ini chuqur ish vaqti deb belgilang.

🤬 Raqamli parhez. To'g'ri bu oson emas, lekin:
– Ijtimoiy tarmoqlarga kirish va tinimsin kelayotgan xabarnomalar uchun maxsus vaqt ajrating.

⏸ Pauzalar qiling:
– Har 90 daqiqalik chuqur ish sessiyasidan keyin 10-15 daqiqa dam olish tavsiya etiladi.
– Bu miya uchun “reset” vazifasini bajaradi va keyingi sessiyada diqqatni jamlashga yordam beradi.

Agar diqqatni boshqarishga e’tibor bermasangiz, kun davomida chalg‘ishlar sababli samaradorlik keskin tushib ketadi. Yuqoridagi postlarda aytilganidek har safar ijtimoiy tarmoqqa qarash yoki boshqa vazifaga o‘tish sizni 20 daqiqa orqaga tortadi. Shuning uchun, chuqur ishlash uchun maxsus vaqt ajratish va chalg‘ituvchi omillarni oldindan cheklash muhimdir.

@ramzbek
  • 👍 11
  • 🔥 3
More from @ramzbek
  1. Aug 18, 2026Assalomu alaykum, yangilik bilan keldim, Qarshida faoliyatimda birinchi marta mentorlik qi…
  2. Jul 12, 2026Enter Marketing jamoasi bilan dachaga chiqdik 🔥 Taassurotlar zoʻr, jamoa maza qildi. Endi…
  3. Jul 5, 2026Kecha Oʻzbekistondagi taniqli kopirayter Nurbek aka Qarshida Enter Marketing jamoasi uchun…
  4. Jun 26, 2026Yaxshi yangilik, Qarshi shahrida birinchi marta Marketing bo'yicha katta kurs tashkil qily…
  5. Apr 25, 2026📣Qashqadaryo tadbirkorlari diqqatiga! 26-aprel kuni soat 14:00 da Qarshi Xalqaro Universi…
  6. Apr 20, 2026Va nihoyat chiqibdi https://www.youtube.com/watch?v=KmVhyNnIRfU
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →