"Ishim o'xshamasa nima bo'ladi, atrofdagilar nima deydi?"
Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslik va doimiy o‘sishga intilish — bu muvaffaqiyatga erishish yo‘lida asosiy tamoyillardan biridir. Haqiqiy muvaffaqiyat doimiy harakat va xatolardan o‘rganish orqali keladi.
🧠 Nima uchun muvaffaqiyatsizlikdan, ishimiz o'xshamasligidan qo‘rqamiz?
Bu qo‘rquvning ildizlari odatda quyidagi omillarga borib taqaladi:
– Odamlar muvaffaqiyatsizlikni yaxshi emas, bu zaiflik deb bilishadi va uni boshqa odamlarga ko‘rsatishdan qo‘rqishadi.
– Ayrimlar faqat mukammal natijaga erishishni istashadi va kichik xatolarni ham qabul qila olishmaydi.
– Yangi narsani sinab ko‘rish har doim noaniqlik tug‘diradi, bu esa insonni harakatsiz qoldirishi mumkin.
“O‘sish — bu doimiy ravishda komfort zonangizdan chiqib, yangi narsalarni sinab ko‘rish orqali amalga oshadi.”
⚡ Nima uchun ishimiz o'xshamasligidan qo‘rqmasligimiz kerak?
1. Xatolardan saboq olish: Har bir xato — bu o‘rganish uchun imkoniyat.
2. Harakat qilgan odam albatta xatolar qiladi, lekin aynan shu tajribalar uni o‘stiradi.
3. Mukammal natija haqida o‘ylash o‘rniga, jarayondan zavqlanishga harakat qiling.
4. Muvaffaqiyat har doim ham birinchi urinishda kelmaydi.
5. Muhimi — har safar qulashdan keyin qayta harakat qilish.
Qo‘rquv bo'lishi tabiiy, lekin harakat qilish muhim.
Muvaffaqiyat hech qachon tasodifan kelmaydi. Xatolar qilish orqali o‘rganasiz, harakat orqali o‘sasiz va vaqt o‘tishi bilan muvaffaqiyatga erishasiz
@ramzbek
Post #555
446
- 👍 9
- 🔥 7