TGViewer
Ramzbek Nurkulov Ramzbek Nurkulov @ramzbek · 349 subscribers
Post #567 448
💸 Daromad va xarajatlarni “50/30/20 qoidasi” asosida nazorat qilish

O‘z daromadingiz va xarajatlaringizni kuzatib boring. Har oy byudjet rejasini tuzing va uni “50/30/20 qoidasi” asosida boshqarib boring.

1️⃣ 50% — Asosiy ehtiyojlar:
Bu guruhga hayotingiz uchun zarur bo‘lgan majburiy xarajatlar kiradi. Masalan:

— 🏠 Yashash joyi: Ijara, kommunal to‘lovlar
— 🍽️ Oziq-ovqat: Do‘kondagi xaridlari, kundalik ovqatlanish uchun xarajatlar
— 🚗 Transport: Yo‘l haqi, yonilg‘i, mashina xarajatlari bo'lishi mumkin
— 🏥 Sog‘liq uchun xarajatlar: Dori-darmon bo'lishi mumkinn
— 📱 Aloqa vositalari: Internet, WiFi va telefon to‘lovlari

💡 Maslahat: Asosiy ehtiyojlar daromadingizning 50% dan oshib ketayotgan bo‘lsa, xarajatlaringizni tahlil qiling va qisqartirish yo‘llarini qidiring. Masalan, arzonroq uy topish yoki transport xarajatlarini kamaytirish.

2️⃣ 30% — Istak va qulayliklar:
Bu bo‘limda majburiy bo‘lmagan, lekin hayotingizni yanada qiziqarli va yoqimli qiladigan narsalarga pul sarflaysiz. Masalan:

— 🎉 Ko‘ngilochar tadbirlar: Kino, konsert, kafelarga borish
— 👕 Shaxsiy xarajatlar: Kiyim-kechak, sartarosh xarajatlari va shu kabilar.
— ✈️ Sayohat: Dam olish uchun safarlar
— 📱 Gadjetlar va texnika: Telefon, kompyuter kabi texnikalar

💡 Maslahat: Bu kategoriya bo‘yicha haddan tashqari sarf-xarajat qilmaslik uchun har bir oyda belgilangan limitdan chiqmaslikka harakat qiling.

3️⃣ 20% — Jamg‘arma va qarzlar:
Bu bo‘limda kelajagingizga sarmoya kiritish yoki moliyaviy majburiyatlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi. Masalan:

— 💵 Jamg‘arma: Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma yaratish
— 📊 Investitsiya: Aksiyalar va doimiy pul keltirib turadigan joylarga investitsiya
— 💳 Qarzlarni yopish: Kredit qarzlari yoki boshqa majburiyatlarni to‘lash

💡 Maslahat: Agar qarzlaringiz ko‘p bo‘lsa, avval yirik foizli qarzlardan qutulishga harakat qiling. Keyin esa investitsiya va jamg‘arma bo‘yicha harakatni boshlang.

📌 Ushbu qoidani misolda koʻrib ketamiz:

Agar har oy 10 million so‘m daromad qilsangiz:

🏠 50% — 5 million so‘m asosiy ehtiyojlarga

🌟 30% — 3 million so‘m istak va qulayliklarga

💰 20% — 2 million so‘m jamg‘arma yoki qarzlarni to‘lashga ajratiladi.

Agar daromadingiz o‘zgarsa, ushbu foizlarni saqlagan holda summalarni moslashtirish mumkin)

Bu qoidaning asosiy afzalligi — daromadingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mablag‘laringizni aniq boshqarishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik va maqsadlarga erishish osonlashadi.

@ramzbek
  • 👍 9
  • 🔥 6
More from @ramzbek
  1. Aug 18, 2026Assalomu alaykum, yangilik bilan keldim, Qarshida faoliyatimda birinchi marta mentorlik qi…
  2. Jul 12, 2026Enter Marketing jamoasi bilan dachaga chiqdik 🔥 Taassurotlar zoʻr, jamoa maza qildi. Endi…
  3. Jul 5, 2026Kecha Oʻzbekistondagi taniqli kopirayter Nurbek aka Qarshida Enter Marketing jamoasi uchun…
  4. Jun 26, 2026Yaxshi yangilik, Qarshi shahrida birinchi marta Marketing bo'yicha katta kurs tashkil qily…
  5. Apr 25, 2026📣Qashqadaryo tadbirkorlari diqqatiga! 26-aprel kuni soat 14:00 da Qarshi Xalqaro Universi…
  6. Apr 20, 2026Va nihoyat chiqibdi https://www.youtube.com/watch?v=KmVhyNnIRfU
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →