TGViewer
Channel Public Channel
"Temiryo'lekspress" AJ

"Temiryo'lekspress" AJ

@railwayexpress_uz

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
"Temiryo`lekspress" AJ rasmiy sahifasi

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi haqida rasmiy ma'lumot

Telefon: +998712999266
Subscribers
1.04K
Photos
530
Videos
208
Links
329
Recent Posts 16 shown
Post #837 1.06K
🚄 “Afrosiyob”ning 15 yilligi munosabati bilan yo‘lovchilarga sovg‘alar ulashildi

✅“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilganining 15 yilligi munosabati bilan yo‘lovchilar uchun bayramona kayfiyat yaratildi.

🎁Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan poyezd yo‘lovchilariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

🎉 Mazkur tashabbus yo‘lovchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, “Afrosiyob”ning 15 yillik tarixidagi muhim sanani ular bilan birgalikda nishonlashga xizmat qildi.

“Afrosiyob” — 15 yil davomida yo‘lovchilar bilan birga!

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 8
  • 👍 4
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • 🤩 1
Post #836 4.88K
🚄 “Afrosiyob” elektropoyezdining 15 yilligi keng nishonlanmoqda

✅Bugun O‘zbekiston temir yo‘l transporti tarixidagi muhim sanalardan biri. 2011-yil 8-oktabr kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu zamonaviy elektropoyezd O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovining yangi davrini boshlab berdi. “Afrosiyob” Markaziy Osiyodagi ilk yuqori tezlikdagi poyezd sifatida tarixdan o‘rin oldi.

Dastlabki ikki Talgo 250 tarkibidan keyin yangi elektropoyezdlar xarid qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda 6 ta “Afrosiyob” elektropoyezdi mavjud. Ularning har biri zamonaviy qulayliklar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bugun “Afrosiyob” Toshkentni Samarqand, Buxoro, Qarshi va Shahrisabz kabi yirik tarixiy va turistik markazlar bilan bog‘lab, minglab yo‘lovchilarga tezkor va qulay transport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

15 yil davomida “Afrosiyob” nafaqat masofalarni qisqartirdi, balki O‘zbekistonda zamonaviy va yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti rivojining ramziga aylandi.

“Afrosiyob” — 15 yil yo‘lovchilar bilan birga!

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 12
  • 👏 5
  • 🎉 3
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #835 4.14K
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 754/753-sonli «Toshkent — Xiva — Toshkent» yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi harakati tashkil etiladi.

🔹 754-sonli «Toshkent — Xiva»
Qatnov kunlari: payshanba va shanba

🕚 Toshkent 11:20 —Xiva 19:51

🔹 753-sonli «Xiva — Toshkent»

Qatnov kunlari: juma va yakshanba

🕚 Xiva11:00 — Toshkent 19:36


🔹 7055-sonli «Urganch xalqaro aeroporti — Xiva»
Qatnov kunlari: juma va yakshanba

🕘 Urganch xalqaro aeroporti 09:00 — Xiva 09:42

🔹 7056-sonli «Xiva — Urganch xalqaro aeroporti»
Qatnov kunlari: payshanba va shanba

🕘 Xiva 21:00 — Urganch xalqaro aeroporti 21:42

📌 Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda mazkur qatnov jadvaliga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #834 1.54K
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, yosh avlodga berayotgan bilim, tarbiya va hayotiy saboqlaringiz jamiyatimiz taraqqiyotida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Har bir yutuq, har bir ezgu natija ortida ustozning fidoyiligi, sabr-toqati va ulkan mehnati mujassam.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari va ehtiromi doimo sizga quvonch bag‘ishlasin!

💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🎉 3
Post #829 930
Mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik – millat birdamligiga tahdid

“Temiryo‘lekspress” AJda xodimlarda el-yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish hamda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya va loqaydlik kabi salbiy illatlarning oldini olish maqsadida intellektual muloqot tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori (DSc) Jaloliddin Qadamjonovich Yusubov ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi.

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 4
  • 👌 1
Post #828 743
🇺🇿 Shaxmatchilarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Olimpiadaning hal qiluvchi 11-turida shaxmatchilarimiz Ukraina terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, musobaqani 20 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.

Terma jamoamiz safida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Muxiddin Madaminov yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Hal qiluvchi uchrashuvda Muxiddin Madaminovning g‘alabasi jamoamizga chempionlik uchun zarur natijani taqdim etdi.

Shaxmatchilarimizni ushbu ulkan va tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

🇺🇿 G‘alaba muborak, O‘zbekiston!

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 6
  • ❤ 5
  • 🔥 2
  • 🤩 1
Post #827 919
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bayram tabrigi

🧭 Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

“Temiryo‘lekspress” aksiyadorlik jamiyati jamoasi sizlarni kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning yurt tinchligi, davlat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli, sharafli hamda fidokorona xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.

🇺🇿 Vatan manfaatlarini himoya qilish, mavjud va ehtimoliy tahdidlarga qarshi kurashish, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

✅ Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 4
  • 🎉 2
  • 👏 1
  • 🤝 1
Post #826 931
✅ Chet ellik sayyohlar yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdida ko‘tarinki kayfiyatda sayohat qilmoqdalar.


✅“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #825 1.29K
Yoʻlovchilarning yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haqidagi fikrlari

✅ Tanlovingiz uchun minnatdormiz!

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 6
  • 🔥 2
Post #824 1.43K
Chet ellik sayohatchilarning “Afrosiyob” elektropoyezdi haqidagi fikrlari

✅ Tanlovingiz uchun minnatdormiz!

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 7
  • ❤ 1
Post #823 1.6K
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Temiryo‘lekspress” AJ barcha yurtdoshlarimizni hamda aziz yo‘lovchilarimizni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

✅“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 11
  • 🎉 9
  • 👍 7
Post #822 1.18K
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

✅ “Jaloliddin Manguberdi” yo‘lovchi poyezdi yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etdilar.

Yo‘lovchilar o‘z tabriklarida xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayz-u baraka, yurtimizga esa yanada ravnaq va farovonlik tiladilar.

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 12
  • 👏 5
  • ❤ 2
Post #821 1.01K
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA BOLAJONLARGA E’TIBOR

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Temiryo‘lekspress” AJ rahbariyati tomonidan jamiyatda faol va fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarning 1-sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlariga maktab uchun zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

✅ Mazkur tashabbus xodimlar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlashga qaratilgan.

➡️Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan barcha bolajonlarga bilim olish yo‘lida ulkan zafarlar, a’lo baholar va yorqin kelajak tilaymiz!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

✅“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 13
  • 👏 8
  • 😍 4
  • 👍 3
Post #820 961
Chet ellik yoʻlovchilarning yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haqidagi fikrlari

✅ Tanlovingiz uchun minnatdormiz!

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 5
  • ❤ 1
Post #818 4.09K
🎉 “Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari navbatdagi yo’lovchini tavallud ayyomi bilan tabriklashdi

🚉”Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ” hamda “Temiryoʻlekspress” AJ jamoasi yo’lovchilarni hursand qilishda davom etadi!

Bugun yuqori tezlikda harakatlanuvchi 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi xodimlari yo’lovchini tavallud ayyomi bilan tabriklashdi. Bunday iliq va jozibador g‘amxo‘rliklar poyezd safarini yanada esda qolarli va quvonchli qiladi.

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 9
  • ❤ 4
  • 🥰 1
Post #817 1.02K
🌍 Chet ellik blogerlarning “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi haqida fikrlari

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan chet ellik blogerlar va mashhur vlogerlar “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar elektropoyezdida safar qilib, o‘z taassurotlarini videolar orqali bo‘lishmoqda.

Tez, qulay va ishonchli safar — buni xorijiy sayyohlar ham tan olmoqda!

▶️ Videoni tomosha qiling va “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi bilan sayohat qanday taassurot qoldirishini bilib oling.

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • 👍 8
  • 🔥 5
Older posts →

About this channel

How can I read @railwayexpress_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for "Temiryo'lekspress" AJ: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does "Temiryo'lekspress" AJ have?
"Temiryo'lekspress" AJ (@railwayexpress_uz) has 1.04K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does "Temiryo'lekspress" AJ know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →