1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni
Aziz ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, yosh avlodga berayotgan bilim, tarbiya va hayotiy saboqlaringiz jamiyatimiz taraqqiyotida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Har bir yutuq, har bir ezgu natija ortida ustozning fidoyiligi, sabr-toqati va ulkan mehnati mujassam.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xotirjamlik hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari va ehtiromi doimo sizga quvonch bag‘ishlasin!
💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati
📱Telegram 📱Instagram
Post #834
1.53K

- ❤ 4
- 👍 3
- 🎉 3