TGViewer
"Temiryo'lekspress" AJ "Temiryo'lekspress" AJ @railwayexpress_uz · 1.04K subscribers
Post #836 4.84K
🚄 “Afrosiyob” elektropoyezdining 15 yilligi keng nishonlanmoqda

✅Bugun O‘zbekiston temir yo‘l transporti tarixidagi muhim sanalardan biri. 2011-yil 8-oktabr kuni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishidagi muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu zamonaviy elektropoyezd O‘zbekistonda yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovining yangi davrini boshlab berdi. “Afrosiyob” Markaziy Osiyodagi ilk yuqori tezlikdagi poyezd sifatida tarixdan o‘rin oldi.

Dastlabki ikki Talgo 250 tarkibidan keyin yangi elektropoyezdlar xarid qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda 6 ta “Afrosiyob” elektropoyezdi mavjud. Ularning har biri zamonaviy qulayliklar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlovchi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bugun “Afrosiyob” Toshkentni Samarqand, Buxoro, Qarshi va Shahrisabz kabi yirik tarixiy va turistik markazlar bilan bog‘lab, minglab yo‘lovchilarga tezkor va qulay transport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

15 yil davomida “Afrosiyob” nafaqat masofalarni qisqartirdi, balki O‘zbekistonda zamonaviy va yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti rivojining ramziga aylandi.

“Afrosiyob” — 15 yil yo‘lovchilar bilan birga!

✅ “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
  • ❤ 12
  • 👏 5
  • 🎉 3
  • 👍 2
  • 🔥 1
More from @railwayexpress_uz
  1. Oct 8, 2026🚄 “Afrosiyob”ning 15 yilligi munosabati bilan yo‘lovchilarga sovg‘alar ulashildi ✅“Afrosi…
  2. Oct 6, 2026Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida 754/753-sonli «Toshkent — Xiva — Tos…
  3. Oct 1, 20261-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — Ustoz…
  4. Sep 30, 2026Mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik – millat birdamligiga tahdid “Temiryo‘lekspress” AJda…
  5. Sep 29, 2026🇺🇿 Shaxmatchilarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz! Samarqand shahrida bo‘lib o‘t…
  6. Sep 26, 2026Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bayram tabrigi 🧭 Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →