TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #23860 1.01K

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

📌So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi;

📌XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi;

📌Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda;

📌Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning navbatdagi bosqichini belgilab olish kerak. Bugun ularni yanada mustahkamlash va aniq mazmun bilan boyitish imkoniyati paydo bo‘lmoqda;

📌Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish taklif etildi;

📌Iqtisodiy hamkorlik yangi darajaga ko‘tarilishi kerak. O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmining o‘sishi bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan. Endi bu o‘sish nimaning hisobiga ta’minlanishini belgilab olish zarur;

📌Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2035-yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli mintaqaviy dastur umumiy geografiyamizdan foydalanishda yordam beradigan amaliy vositaga aylanishi kerak;

📌Davlatlar bilan odatdagi savdo-sotiq qilish endi yetarli emas, birgalikda yakuniy mahsulot yaratish lozim. “Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” formulasi qanday marraga intilish kerakligini yaxshi ifodalaydi. Bu boradagi ishlarni rivojlantirish uchun 2027-yilda Xiva shahrida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon biznes forumini o‘tkazish taklif etildi;

📌Qo‘shma investitsiya loyihalarini moliyaviy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus platforma yaratish muhimligi ta’kidlandi;

📌Mintaqa global savdoning quruqlikdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biriga va ayni paytda iqtisodiy faollikning yirik markaziga aylanishi mumkinligi qayd etildi;

📌Bunday muvofiqlashtiruv uchun Infratuzilmaviy rivojlanish bo‘yicha kengash tuzishni tezlashtirish va uning birinchi majlisini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi.

Facebook|Instagram|X
More from @qashfvb
  1. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yax…
  2. Oct 16, 2026“JASORAT MAKTABLARI” O‘QUVCHILARI TANTANALI VA’DA BERDI Kecha, 15-oktabr kuni Shahrisabz s…
  3. Oct 16, 2026ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI! Bugun, 16-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda va…
  4. Oct 15, 2026#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bila…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →