ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI!
Bugun, 16-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadigan oynayi hayoti — til va adabiyotidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ona tilining millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘zbek tilining boy tarixi va betakror jozibasi, adabiyotimizning ma’naviy merosimizni asrab-avaylashdagi o‘rni hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, kundalik faoliyatda davlat tiliga rioya etish va uni kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.
Zero, til — millatning ruhi, ma’naviyati va o‘zligining timsolidir!
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #24011
632







- 👍 1