TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.93K subscribers
Post #24018 372
“JASORAT MAKTABLARI” O‘QUVCHILARI TANTANALI VA’DA BERDI

Kecha, 15-oktabr kuni Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida Qashqadaryo viloyatidagi barcha “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A. Inatullayev, boshqa idoralarning mas’ul rahbarlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari, faxriylar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Marosim davomida yoshlar tantanali ravishda va’da berib, Vatanga sadoqat, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga tayyor ekanliklarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat, intizom va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni munosib insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
More from @qashfvb
  1. Oct 16, 2026ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ G‘URURI! Bugun, 16-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda va…
  2. Oct 15, 2026#TAYINLOV O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bila…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →