TGViewer
Channel Public Channel
QASHQADARYO FVB | Rasmiy

QASHQADARYO FVB | Rasmiy

@qashfvb

🌐Qashqadaryo viloyat FVB Axborot xizmati rasmiy telegram kanali...

📢 Sohaga oid eng so'ngi yangiliklar
✍️ Tahliliy ma'lumotlar

📩 Ishonch telefoni: 1101
Subscribers
4.92K
Photos
19.1K
Videos
3.6K
Links
7.3K
Recent Posts 8 shown
Post #23965 3
TANQIDIY O‘RGANILDI

Bugun, 14-oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik S. Zuparov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, dastlab G‘uzor tumanidagi “Karvon” bozori hamda Qarshi shahridagi “Qarshi savdo majmuasi”da yong‘in xavfsizligi holatini tanqidiy o‘rgandi.
Savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, tom qismidagi tez alangalanuvchi qurilish materiallarini olish va ularning o‘rniga metall materiallarni o‘rnatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, savdo rastalarining tartibsiz joylashtirilgani, bu esa favqulodda vaziyatlarda yong‘in-qutqaruv texnikalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi tanqidiy qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #23964 555
Post #23963 430

Forwarded from Saida Mirziyoyeva

Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
Post #23954 767
KO‘KDALA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Bugun, 14-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan Ko‘kdala tumani Guliston mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 🔥 1
Post #23952 3.71K
DEHQONOBOD TUMANIDA KUZATILGAN SEL HODISASI TO‘G‘RISIDA RASMIY MA’LUMOT

2026-yil 13-oktabr kuni soat 17:30 larda Dehqonobod tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida “Qo‘ng‘irot” MFY Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel-suvlari oqimi o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ldan adashgan Damas avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash maqsadida sel oqimi o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqurroq qismiga tushgan. Shundan so‘ng haydovchi transport vositasidan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan.
Biroq sel oqimi natijasida Damas avtomobil va uning ichidagi yo‘lovchini oqim olib ketgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yo‘lovchi fuqaroning jasadi topilgan.
Hodisa joyiga tuman hokimligi, FVB va IIB mas’ullari jalb etilgan.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 😢 12
  • 🔥 1
Post #23951 1.56K
Audio
RADIO EFIRIDA: “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI HAQIDA SUHBAT

Bugun, 13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan “Oltin voha” viloyat radiosida jonli efir tashkil etildi. Unda jurnalist Xurshida Sharopova viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassisi Ilhom Muqimov bilan suhbat davomida boshqarmada tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri, uning mazmun-mohiyati hamda aholi o‘rtasida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #23948 1.35K

Forwarded from FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

#online

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Unda mutaxassislar tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot bermoqda.

Shuningdek, OAV vakillari mavzu doirasida mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olmoqdalar.
—
Айни вақтда Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш марказида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан “Табиий офатлар хавфини камайтириш, фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш ва аҳоли хавфсизлигини таъминлаш, куз-қиш мавсумига тайёргарлик ва устувор вазифалар” мавзусида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

Унда мутахассислар табиий офатлар хавфини камайтириш, фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш, аҳоли хавфсизлигини таъминлаш ҳамда куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш борасида амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар ҳақида батафсил маълумот бермоқда.

Шунингдек, ОАВ вакиллари мавзу доирасида мутахассислардан ўзларини қизиқтирган саволларига атрофлича жавоблар олмоқдалар.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
Older posts →

About this channel

How can I read @qashfvb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for QASHQADARYO FVB | Rasmiy: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does QASHQADARYO FVB | Rasmiy have?
QASHQADARYO FVB | Rasmiy (@qashfvb) has 4.92K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does QASHQADARYO FVB | Rasmiy know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →