TGViewer
QASHQADARYO FVB | Rasmiy QASHQADARYO FVB | Rasmiy @qashfvb · 4.92K subscribers
Post #23952 3.4K
DEHQONOBOD TUMANIDA KUZATILGAN SEL HODISASI TO‘G‘RISIDA RASMIY MA’LUMOT

2026-yil 13-oktabr kuni soat 17:30 larda Dehqonobod tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida “Qo‘ng‘irot” MFY Shakarbuloq qishlog‘i hududidan sel-suvlari oqimi o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘ldan adashgan Damas avtomobil haydovchisi va uning hamrohi yo‘nalishni aniqlash maqsadida sel oqimi o‘tadigan hududda to‘xtagan. Avtomobil sirpanib, sel yo‘lining chuqurroq qismiga tushgan. Shundan so‘ng haydovchi transport vositasidan tushib, telefon orqali bog‘lanishga uringan va hamrohini sel kelayotgani haqida ogohlantirgan.
Biroq sel oqimi natijasida Damas avtomobil va uning ichidagi yo‘lovchini oqim olib ketgan. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yo‘lovchi fuqaroning jasadi topilgan.
Hodisa joyiga tuman hokimligi, FVB va IIB mas’ullari jalb etilgan.

Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
  • 😢 12
  • 🔥 1
More from @qashfvb
  1. Oct 14, 2026https://uza.uz/uz/posts/qashqadaryoda-tabiiy-ofatlar-xavfini-kamaytirishga-qaratilgan-tadb…
  2. Oct 14, 2026Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosa…
  3. Oct 14, 2026KO‘KDALA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Bugun, 14-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqu…
  4. Oct 14, 2026IS GAZI — KO‘RINMAS XAVF! — ИС ГАЗИ — КЎРИНМАС ХАВФ! ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Fac…
  5. Oct 13, 2026RADIO EFIRIDA: “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI HAQIDA SUHBAT Bugun, 13-oktabr — Xalqaro tabi…
  6. Oct 13, 2026#online Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommav…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →