PROFILAKTIK TADBIRLAR KUCHAYTIRILDI
Bugun, 6-oktabr kuni Kasbi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, “qizil hudud” sifatida belgilangan mahallalarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Amaliy tadbirlar davomida mutaxassislar tomonidan xonadonlarning dudburonlari tozalanib, nosoz gaz va elektr qurilmalarini ta’mirlash hamda xavfsiz holatga keltirish choralari ko‘rilmoqda.
Asosiy maqsad — isitish mavsumini xonadonlarda xavfsiz boshlash, yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish.
Xavfsizlikni bugundan boshlaylik!
Boshqa yangiliklar👇
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #23808
1.62K










- 👍 3
- 👏 1